Liviya sohilida 27 kishining jasadi topildi
Liviya Qizil Yarimoy jamiyati xodimlari mamlakat sohilida cho‘kib ketgan 27 kishining jasadini topishdi, uch kishini qutqarib olishga muvaffaq bo‘lishgan, deyiladi Xamsdagi tashkilot bo‘linmasi tarqatgan bayonotda.
"Liviya Qizil Yarimoy jamiyati 17 ta jasadni el-Alus tumani sohilida topishdi. Ularning orasida ikki nafar go‘dak ham bor. Bndan tashqari, boshqa bir tumanda tashkilot xodimlari sohil qo‘riqchilari bilan hamkorlikda yana 10 ta jasadni olib chiqishgan, ularning orasida ayollar ham bo‘lgan. Uch nafar migrant qutqarib olindi”, – deyiladi ijtimoiy tarmoq orqali berilgan bayonotda.
Bundan avvalroq Xalqaro migratsiya tashkiloti 2021 yilning birinchi yarmida 1,3 ming kishidan ziyod migrant va qochqinlar dengiz orqali Yevropaga yetib olishga uringanda halok bo‘lganini ma’lum qilgan edi.