“Liverpul” Lamin Kamara transferiga 2027-yilda qaytishi mumkin
Mersisaydliklar “Monako” va futbolchiga hozircha kutishni tavsiya qilgan.
“Monako” yarim himoyachisi Lamin Kamara kelasi yili “Liverpul” safiga qo‘shilishi mumkin. Bu haqda britaniyalik insayder Ben Jeykobs ma’lum qildi.
Manbaga ko‘ra, mersisaydliklar “Monako” va futbolchiga hozircha kutishni tavsiya qilgan. “Chelsi”ning Kamara bilan bog‘liq transferi amalga oshmay qolsa, “Liverpul” 2027-yilda futbolchi uchun muzokaralarga qaytishni rejalashtirmoqda.
Kamara ikki yil avval “Monako” safiga qo‘shilgan. Shundan buyon yarim himoyachi klub safida 74 ta uchrashuvda 6 ta gol va 11 ta golli uzatma qayd etgan.