Leyboristlar ichida isyon kuchaydi. Starmer hokimiyati qulaydimi?
Buyuk Britaniya Bosh vaziri Kir Starmer jiddiy siyosiy bosim ostida qoldi. Mahalliy saylovdagi og‘ir mag‘lubiyatdan keyin Leyboristlar partiyasi ichida uni iste’foga chiqarish chaqirig‘i avj olmoqda.
So‘nggi ikki kun ichida 80 dan ortiq tarafdor noib Starmerning oldiga ketish sanasini e’lon qilish talabini qo‘ygan. Partiya ichida “tinch almashtirish” orqali yangi yetakchini saylash muhokamasi boshlangan. Binobarin, Starmer hukumat yig‘ilishida lavozimini tark etmasligini bildirib, “mamlakat bizdan boshqaruv davom ettirilishini kutyapti” dedi.
Siyosiy inqiroz Britaniya moliya bozoriga ham ta’sir qildi. Sarmoyadorlar hukumatda yana beqarorlik boshlanishidan xavotirga tushgach, davlat qarzi osha boshladi. Ayrim tahlilchilar Starmer ketishi ortidan hukumat o‘ta chap qanot siyosatchilari ta’siriga tushib qolishi mumkinligini taxmin qilgan.
Ayni payt partiya ichida ehtimoliy vorislar muhokamasi avj olgan. Sog‘liqni saqlash vaziri Ues Striting asosiy da’vogar sifatida ko‘rilyapti. Shuningdek, Endi Byornem va sobiq vitse-premer Anjela Reyner nomi ham tilga olinmoqda.
Kuzatuvchilar fikricha, 2024-yil “barqarorlik va’dasi” bilan hokimiyatga kelgan Starmer hozir og‘ir siyosiy sinovga duch kelgan.
Musulmon Ziyo, O‘zA