Layma Vladson Misrda porlamoqda
Misrda Xalqaro tennis federatsiyasi tomonidan W15 tasnifiga kiruvchi xotin-qizlar o‘rtasidagi turnirda Layma Vladson mamlakatimiz sharafini himoya qilmoqda.
Nufuzli musobaqaning juftlik bellashuvlarida Layma misrlik Yamin Ezzat bilan tandem hosil qildi va ilk bosqichda daniyalik Sofiya Mortensen va Tale Mire duetini 6:1, 6:3 hisobida taslim etdi. Endi ular chorak finalda italiyalik Kamilla Zanolini va fransiyalik Louna Zoppas juftligi bilan raqobatlashadi.
Darvoqe, Layma Vladson xalqaro turnirning yakkalik bellashuvlari ilk davrasida neytral tennischi Anna Sedishevaga qarshi kortga chiqadi.
Javohir Toshxo‘jayev,
O‘zA