Lamin Yamal Raulning rekordini yangiladi
Yamal Raulning uzoq yillik rekordini 200 kun farq bilan yangiladi.
“Barselona” vingeri Lamin Yamal Ispaniya futboli tarixida yana bir rekord o‘rnatdi. 19 yoshli futbolchi “Rayo Valyekano”ga qarshi uchrashuvda kataloniyaliklar safidagi barcha musobaqalardagi 50-golini urdi.
Yamal ushbu marraga 19 yosh 49 kunligida yetib, Ispaniya professional futboli tarixida klub miqyosida 50 ta gol urgan eng yosh futbolchiga aylandi. Avvalgi rekord “Real Madrid” afsonasi Raul Gonsalesga tegishli edi — u 50-golini 19 yosh 249 kunligida urgan. Uchinchi natija Fernando Torresga tegishli — 20 yosh 221 kun.
Yamal yubiley golini “Rayo Valyekano”ga qarshi La Liga bahsining 21-daqiqasida ajoyib zarba bilan kiritdi. Keyinchalik u yana bir bor raqib darvozasini ishg‘ol qilib, dubl qayd etdi va “Barselona”dagi gollari sonini 51 taga yetkazdi. Kataloniyaliklar uchrashuvda 5:2 hisobida g‘alaba qozondi.
Shu tariqa, Lamin Yamal Raulning uzoq yillik rekordini 200 kun farq bilan yangiladi.