Kuzgi mavsumda 6 million tupdan ortiq nihollar ekiladi
Farmon va ijro
Mutaxassislarning ta’kidlashicha, “Yashil makon” umummilliy loyihasida bahorgi mavsumida 11 million 282 ming tup manzarali va mevali ko‘chatlar ekilgan.
Toshkent viloyati Ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi boshqarmasi davlat inspektorlari tomonidan joylardagi daraxt ko‘chatlarining holati o‘rganildi. Natijada ko‘chatlarning qarovsiz qolishiga sababchi bo‘lgan 161 ta korxona va tashkilot mas’ul xodimlariga nisbatan Ma’muriy Javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksning tegishli moddalariga asosan qonuniy choralar ko‘rilgan.
Loyihaning kuzgi mavsumi doirasida barcha tuman-shahar hududlariga 6 million tupdan ziyod mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari ekish rejalashtirilgan. Bunda asosiy e’tibor ayrim mahallalar, ko‘cha va guzarlardagi bo‘sh turgan joylar tartibga keltiriladi. Ushbu joylarni bog‘-rog‘larga aylantirishda mahalla ahlining hamjihatligini kuchaytirish choralari ko‘rilmoqda.
Ekilgan har bir niholni parvarishlash va saqlashda mahalla faollari, boshqaruv-servis kompaniyalari jonbozlik ko‘rsatishi lozim. Buning uchun “mahalla yettiligi”, ko‘chaboshi va xonadon egalari mas’ul sifatida biriktiriladi.
Prezidentimizning 2023 yil 23 noyabrdagi “Respublikada yashillik darajasini yanada oshirish, “Yashil makon” umummilliy loyihasini izchil amalga oshirish orqali ekologik barqarorlikni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni bunda muhim dasturilamal vazifasini bajaradi.
A.Musayev,O‘zA.