Kurtua Lamensni qo‘llab-quvvatladi: “Bu tajriba uni yanada kuchaytiradi”
U xarakterli va matonatli inson. Ishonchim komilki, uning oldinda hali yaxshi kunlari ko‘p bo‘ladi"
Belgiya terma jamoasi darvozaboni Tibo Kurtua JCH–2026 chorak finalida Ispaniyaga qarshi bahsdan (1:2) so‘ng jamoadoshi Senne Lamensni qo‘llab-quvvatladi.
"O‘yin tugagach, Senneni mahkam quchoqladim. Hozir men qila oladigan eng yaxshi ish shu edi. U juda yaxshi darvozabon. Bu tajriba uni yanada chiniqtiradi, shuning uchun hammasi yaxshi bo‘ladi.
Hozir unga na nasihat, na maslahat kerak. U xarakterli va matonatli inson. Ishonchim komilki, uning oldinda hali yaxshi kunlari ko‘p bo‘ladi", — dedi Kurtua.
Belgiya JCH–2026 chorak finalida Ispaniyaga 1:2 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Kurtua 71-daqiqada jarohat sabab maydonni tark etgan paytda hisob 1:1 edi.
Turnirdagi ilk uchrashuvini o‘tkazgan Senne Lamens 88-daqiqada Pau Kubarsining uzoq masofadan bergan zarbasini qaytargan, biroq to‘pni qaytishda Mikel Merino darvozaga yo‘llab, Ispaniyaga g‘alaba keltirgan golni urgan.