Kursantlar qasamyod qabul qildi
Favqulodda vaziyatlar vazirligi akademiyasida birinchi bosqich kursantlarining Vatanga qasamyod qabul qilish tantanali tadbiri o‘tkazildi.
Tadbirni favqulodda vaziyatlar vaziri, general-mayor Azizbek Ikromov ochib, birinchi bosqichga qabul qilingan kursantlarni Vatanga qasamyod qabul qilganliklari munosabati bilan tabrikladi. Mazkur tantanali tadbir Vatanimiz mustaqilligining 35 yilligi bayramiga ulangani kursantlar uchun faxr va iftixor tuyg‘ularini uyg‘otish bilan bir qatorda, ulkan mas’uliyat va tanlagan kasbiga umrbod sodiqlikni ham talab etishini alohida ta’kidladi.
[gallery-31189]
Shuningdek, sohada olib borilgan yangilanish va islohotlar natijasida vazirlik zamonaviy texnika, qutqaruv asbob-uskunalari bilan ta’minlangani, xalqchil va ochiq, chinakam ma’noda xalqimiz uchun yaqin, muhim va ishonchli tuzilmaga aylangani e’tirof etildi.
Shundan so‘ng tadbirda so‘zga chiqqanlar tomonidan yangi O‘zbekistonda davlatimiz rahbari tashabbusi bilan barcha sohalar qatorida Favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimida ham tizimli islohotlar amalga oshirilayotgani, favqulodda vaziyatlarning oldini olish, yong‘in xavfsizligini ta’minlash, qutqaruv tizimini zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlash va eng muhimi, vatanparvar kadrlarni tayyorlashga katta e’tibor qaratilgani alohida ta’kidlandi.
G.Boboyeva,
O‘zA