Kurrai qutlug‘ jamoli
Nufuzli bir manbada o‘qib qoldim: II asrda yashagan qadimgi yunon olimi Klavdiy Ptolemey «Geografiyadan qo‘llanma» asarini yozgan, unda Toshkent shahri haqida ham ma’lumot bor ekan.
Hayratlanarli-da! Salkam 20 asr muqaddam bu donishmand inson ne sabab-ehtiyojlardan kelib chiqib yozdi ekan ushbu asarni? Tabiiy, insoniyat yashab turgan zaminni bilgisi kelgan, uning tafsilotini o‘rganishga ahd qilgandir? Va yana bizga ma’lum-noma’lum boshqa maqsadlarni ko‘zlagandir? Lekin shunisi muqarrarki, olim yer, yer- usti, iqlimu ob-havo, uzoq-yaqin mintaqalarda yashovchi odamlar hayotiga qiziqqan!
Yer yuzida hayot suvdan boshlangan deb faraz qildi kimdir, boshqa biri, yo‘q deya, hayot havodan boshlanganini isbotladi, yana kimningdir tafakkuri o‘z so‘zini aytdi: hayotning boshlanishi olovdan, tuproqdan deya g‘alayon ko‘tardi. Ha, mubolag‘a yo‘q bu o‘xshatishda, zero, bir zamonlar har bir favqulodda kashfiyot, har bir ixtiro isyon, to‘fon, kamida g‘alayon keltirib chiqargan.
Yerning shakl-shamoyili, joylashuvi, harakatlanishi, uning Oy, Quyosh va boshqa osmon jismlari bilan munosabati ozmuncha tortishuvlarga sabab bo‘lganmi?! Ozmuncha mutafakkir zotlar ushbu «dahanaki» tortishuv va mubohasalar qurboni bo‘lib ketmaganmi?!
Asrlar mobaynida davom etgan фiкрiй muhorabada alaloqibat... Yer g‘olib chiqdi! Yer o‘z o‘qi atrofida mudom aylanib turibdi, o‘z lappagida kun, oy va yil sayin ko‘payib borayotgan bashariyat uchun Ona zaminlik vazifasini o‘tab kelmoqda. Yer yuzida hayotning paydo bo‘lishi borasidagi adoqsiz tortishuvlar bora-bora Yer haqidagi fan – geografiya fani qiyofasida bo‘y berdi, shakllandi, takomil topdi.
* * *
![]() |
Bundan 60 yil muqaddam. Toshkent shahrining hozirgi Olmazor tumanidagi 11-o‘rta maktabning 8-sinfida o‘qiymiz. Kutilmaganda geografiya darsiga notanish muallim kirdi. Keksa, ilgari bo‘ychan bo‘lgan, lekin qarilik uni bukib qo‘ygan – munkayibroq yurar, qorday oppoq sochi ukparga aylangan, siyrak tortgan, tovushi og‘ir darddan turgan bemorning xasta ovozidek horg‘in eshitilardi.
– Ismim Asror aka, – deb o‘zini tanishtirdi muallim.
U paytlar er o‘qituvchiga «Aka», ayol o‘qituvchiga «Opa» deb murojaat qilinardi.
Asror aka ikki o‘quvchidan «Dunyo kartasi»ni devor taxtasiga ilishni so‘radi. Qo‘lida kaltagina tayoqcha tutib, inqillabgina xarita tomon arang yetib bordi.
Dastavval tayoqchaning uchini Toshkent nuqtasiga bosdi.
– Biz mana shu dunyoning, – dedi xaritaning umumiy ko‘lamiga ishora qilib, ¬– mana shu nuqtasida yashaymiz, ayni damda mana shu nuqtasida o‘tiribmiz!
Sinf jimjit bo‘lib qoldi. Hatto sho‘x-shan сinфдошlariмiз ham jim. Barchaning diqqati muallim ko‘rsatgan nuqtada.
– O‘zbekiston poytaxti Toshkent dunyodagi e-eng katta shaharlardan biri. E-eng aholisi ko‘p, e-eng go‘zal, e-eng havosi yoqimli shahar! Toshkent bor ekan, siz-biz bormiz!.. Ўзбекiстon bor eka-a-n...
Tasavvur qiling, bir necha lahzada butun sinfimiz baravariga devorga ilingan «Dunyo kartasi»ning qoq o‘rtasidagi nuqtaga – Toshkentga ko‘chib o‘tdik-qo‘ydik.
– Jon bolalarim! Zinhor unuтмanгlar, hamon, Toshkent – O‘zbekistonning poytaxti eka-a-n...
Bu gaplar biz o‘quvchilar uchun yangilik emas, boshqa darslarda, masalan tarix fani darsida «Dunyo kartasi»ni ko‘rgandik, ammo-lekin Asror muallimning so‘zlash uslubi, xaritaga manglayini bosguday yaqin turib, eng jimit harflarigacha jon dili bilan o‘qishni istaganday, hayotda ilk bor kutilmaganda nigohi tushib qolgan yangilik haqida so‘zlayotganday shu qadar berilib, shu qadar ishtiyoq bilan hikoya qilardiki, go‘yo muallim ko‘z o‘ngimizda keksaligini, horg‘inligini unutdi – qaddi rostlandi, tovushi o‘ktamlashdi, chehrasi charaqlab ketdi.
Asror muallim uzoq gapirdi, rohatlanib, rohatini biz bolalarga yuqtira-yuqtira gapirdi.
– Biz – mana shu nuqtada turib dunyoga qaraymiz, shu nuqtadan dunyo mamlakatlarini, xalqlarini, qolaversa, butu-un океanu tog‘-тошlarini shu nuqtada turib o‘rganamiz, anglab yetamiz. Chunki Toshkent – biz uchun Yerning, dunyoning markazi hisoblanadi! Geografiya – mana shu kartada aks etgan dunyoni, yer yuzini jonimdan ortiq sevaman, degani!
Biz «Dunyo kartasi»ga mahliyo bo‘lib qoldik. «Dunyo kartasi»ning har bir nuqtasi, shakli, har bir rang-tusi biz uchun mo‘’jiza koniga, ummoniga aylandi. Muallimning qo‘lidagi ikki qarich chiqar-chiqmas tayoqcha bizni sehrlab qo‘ydi, uning «izi»dan dunyo kezib, сinфga qaytgimiz kelmay qoldi.
O‘sha dars hayotimda, qiziqishlarimda o‘zga bir o‘zan ochganday bo‘ldi men uchun. Xaritani, xaritaga qo‘shib Asror muallimni, geografiya fanini, demak, Yer yuzini yaxshi ko‘rib ketdim – xaritalarda aks etgan Kurrai arz jamoliga mehr qo‘ydim!
Oradan 60 yildan ziyodroq vaqt o‘tdi, biroq o‘sha geografiya darsi chog‘ida qalbimga muhrlangan sirli-sehrli muhabbat esa so‘ngani yo‘q...
...Chorak asr bo‘ldi, Pentagon taklifiga binoan xizmat yuzasidan AQSH safarida bo‘ldik. Ikkinchi kuni shekilli, mezbonlar Amerika Qo‘shma Shtatlari Kongressi binosiga olib borishdi. Keng, baland, mahobatli, simobday oq marmardan tiklangan mashhur gumbazni pastdan tomosha qildik. Gumbazning qoq markazi – oyoq ostidagi oq marmar to‘shamaning qoq markazida futbol to‘pidan chog‘roq tim qora belgiga ko‘zim tushdi. U qanday ma’noni anglatishini so‘radim.
Mezbonimizning chehrasida mag‘rurona ruh paydo bo‘ldi va bajonidil javobga og‘iz juftladi:
– Bu nuqta – dunyoning markazi AQSH Kongressi gumbazining ostida degan ma’noni anglatadi!
Chamasi mezbon bizning hayratlanishimizni kutdi, men esa zudlik bilan e’tiroz bildirdim:
– Kechirasiz, janob, dunyoning markazi – biz uchun Toshkent hisoblanadi!
* * *
Yer kurrasini o‘rganish maqsadida sayyohlik jandasini kiyish uch-to‘rt ming yillardan buyon umumbashariy urfga aylangan. Geografik ma’lumotlar tarixiy ma’lumotga aylana borgan (bu ikki fan qadrdonlashib ketganining boisi ham shunda bo‘lsa kerak).
Manbalarda yozishlaricha, dastlabki geografik xarita miloddan bir necha yuz yil muqaddam Bobilda yaratilgan. Muallifi aniqlanmagan o‘sha xarita markazidagi nuqtada Bobil shahri joylashgan ekan...
Kurrai arz tasvirini globusga tushirishga ham ahli tafakkur miloddan burunlar kirishgan. Yer haqidagi ma’lumotlar ko‘paygani sayin Kurrai arz jamolini xarita-yu globusda yanada mukammal tarzda yaratishga hayotini, ilmini safarbar etuvchilar ko‘paygandan-ko‘paygan. Shoirlar ham qarab turmagan, o‘zimizning Abdulla Oripov esa o‘lmas satrlar bitgan.
Qarshimda yer sharin surati turar,
Salmog‘i Quvaning anoricha bor.
Tim qora osmonda porlab ko‘rinar,
Shu jajji sayyora ko‘rkam, ulug‘vor.
* * *
Buyuk olmon mutafakkiri Immanuil Kant (1724-1804) geografiyani tarixning poydevori deb atagan. Birinchilardan bo‘lib geografiyani alohida fan sifatida o‘qitishni yo‘lga qo‘ygan. Vaholanki, na qo‘llanma, na darslik, na boshqa manba bo‘lgan u paytlarda. Nimaiki zarur bo‘lsa, o‘z qo‘li bilan yozgan, ko‘paytirgan, qo‘llagan.
Kant eng xonanishin allomalardan bo‘lgan. Hech qayoqqa bormay, yurmay-kezmay-ko‘rmay turib shu qadar ishonchli va haqiqatga to‘g‘ri keladigan ma’lumotlar to‘plaganki, ijodxonasini tark etmagan holda... dunyo bo‘ylab sayohat qilgan, ma’lumot to‘plagan, dengizlar oshgan, cho‘lu biyobonlarni poyi piyoda kezgan. Osiyo, Afrika, Yevropa va Amerika qit’alarida joylashgan mamlakatlarning aholisi, shuningdek, tabiati, ob-havosi, hokazolarini sinchiklab o‘rgangan. Shamolning hosil bo‘lish qonuniyatini kashf etgan. U тўплagan ma’lumotlarning haqqoniyligiga, to‘g‘riligiga hassos geograflar ham tan berishgan. Allomaning Peterburg fanlar akademiyasi a’zoligiga qabul qilinishida uning aynan geografiya sohasidagi xizmatlari e’tiborga olingan.
* * *
Buyuk Mahmudxo‘ja Behbudiy keng ommaning ilmsizligidan qattiq iztirob chekdi. «Eng muhtaram muborak kishilar hatto bexabarliklaridan xabarsizdurlarki, bu bexabarliklaridan ba’zan uyatga qolib, hatto ish sharmandalikkacha yetar» deya o‘ksidi. Shu kabi kemtikliklarni bartaraf etish murodida maktablar ochdi, darsliklar yozdi, o‘qitdi-o‘rgatdi. Hazratning geografiyani o‘qitish, ommalashtirish borasida qilgan xizmatlari alohida tarix, alohida ibrat. Bundan 120 yil muqaddam «Тuркiстon viloyati gazeti»ning 3-sonida e’lon qilingan «Jug‘rofiya ilmi» maqolasining biron harfi hanuz eskirmagan.
Quyidagi jumlaga e’tibor qarataylik: «Na darajalarg‘a tanazzul qilishimiz ko‘zi ochiq kishiga ma’lumdir. Nadan? Ilmsizlikdan! Al-on rusiy va farangiydan, forsiy, arabiy, turkiy tillarig‘a yaxshi va muntazam jug‘rofiya hay’at kitoblari tarjima bo‘lg‘an, o‘shal kitoblarni o‘qimaguncha dunyoi holiyadan xabardor bo‘lmoq aslo bo‘lmaydur. Xabardor bo‘lmay dunyog‘a yurmoq yana foydasi kamdur».
Hazrat 8 oy mobaynida 400 sahifadan ziyoda bo‘lmish «Muntaxabi jug‘rofiyai umumiy» kitobini yozdi. Uni tartibga keltirishda ko‘plab xorijiy manbalardan foydalandi. Unga turli xaritalar, jumladan, 5 qit’a yer quruqlik xaritasi ilova qildi. «Zemnoy shar – globus – kurrai masna’» haqida batafsil ma’lumot keltirdi. «Samarqand usuli jadid maktabi xususida» maqolasida Samarqand shahrida faoliyat boshlagan yangi jadid maktabiga doir atroflicha ma’lumot berdi. «Uch oydin beri roqimni «Madxali jug‘rofiyai umroniy» forsiy risoladin ham kunora bir saboq olib va devoriy va musulmoniy – karta-xarita – kurrai mujassama – globusdan zehniy va kitobiy jug‘rofiya ilmidan ham o‘qiydurlar».
«Madxali jug‘rofiyai umroniy» kitobini Behbudiy bobomiz «yer yuzini obodonligini bayon qilmoqdin iborat bir jahonnomadur» deb ta’riflaydi.
Hayratlarga tushmaydimi bu jahonnomadan shoir?!
Nahot shu ko‘rganim rost bo‘lsa, nahot?
Nahotki yerimiz bir kichik soqqa?!
Nahotki biz shunga jo bo‘lsak, hayhot!..
* * *
Asli jurnalist, siyosatshunos olim va xalqaro sharhlovchi Laziz Rahmatovning qalamiga mansub «Dunyo mamlakatlari» kitobini Mahmudxo‘ja Behbudiy iborasi bilan shu kunning jahonnomasi deya ta’riflasak, zarracha mubolag‘a bo‘lmaydi. Zamonlar almashar, almashar avlod. Kurrai arz aylanar, tin olmas zinhor. Jahonnoma jamoli o‘zgarar, o‘zgarar hayot, deya shoirona ta’rifga berilging keladi, kitobni qo‘lga olaturib.
Xonadan chiqmang, o‘tiring sokin. Kompyuter o‘chgani – chandoni avlo! Oling, tizzaga qo‘ying, «Jahonnoma»ni! Фiкрan sayohatga otlaning, so‘ngsiz sayohat! Donishmand Kant ham ko‘rmagan kitob! Behbudiy hazrat, Asror muallim, Hasanov domla orzu ham qilmagan xazina kitob!
Kitobdan o‘rin olgan, ayniqsa, nomi, joylashuvi, xususiyati, aholisi, sharoiti bizga kam tanish va mutlaqo noma’lum davlatlar haqidagi sahifalar benihoya qiziqish bilan o‘qiladi. Har bir mamlakatning geografik xaritasini uzoq-uzoq va takror-тaкрор kuzatib o‘tirib beixtiyor o‘ylab qolasan kishi: hududning shakl-shamoйiлidaгi g‘aroyibotlar, joylashuvi, uzoq-yaqin «hamsoya»lar va hokazolar mamlakat va ushbu mamlakat odamlari taqdirida, qismatida hali insoniyat kashf etmagan sir-sinoatlar yo‘qmikan?!
Yana bir qiziqarli voqea desangiz. Milliy noshirchilik sohasida g‘aroyib voqea chiqib qoldi! Buni qarangki, O‘zbekistonda birinchi geografiya fanlari doktori, professor Hamidulla Hasanovning 1985-yilda nashrdan chiqqan «Геогрaфiк nomlar siri» kitobi 2026-yilda keng jamoatchilik e’tiborini qozongan Laziz Rahmatovning «Dunyo mamlakatlari»ga maxsus yozilgan so‘zboshi-muqaddimadek o‘qiladi! Bamisoli har ikki muallif kelishib olganu, maslahatni bir yerga qo‘yib ulkan va unutilmas ilmiy-ma’rifiy ishga qo‘l urgandek!
Har ikkala kitobning «ich»iga kirsangiz, ta’rifiga til ojiz deyavering, qaytib chiqish mahol. Dunyoning, Yer kurrasining jamoli, ismi-yu jismi mujassam! H.Hasanov domla geografik nomlarni «Yerning tili» deb ta’riflagan, L.Rahmatov «Yerning tili» ta’rifiga mansub yuzlab nomlarni – ona zaminni bamisoli 1200 betli kitobga jo etgan.
Xayol tutqich bermaydi...
O, ona sayyora, kurrai qutlug‘,
Samodan surating ilk bora ko‘rdim,
Havoyi bir xayol sehri emas, yo‘q,
Farzand mehri bilan men boqib turdim.
Kun kecha emasmi, xislating sanab
She’r yozib yurardim senga parvona,
Bu kun suratingga so‘zsiz bosdim lab,
Shu senmi, yolg‘izim, shu senmi, ona...
* * *
Ona yer bag‘ridagi har go‘sha – maskan inson uchun aziz va mukarram! Undagi har bir tirik jon sizu bizga zamondoshu zamindosh! Yer zavol ko‘rmasin, inson zavol ko‘rmasin, Kurrai qutlug‘ jamoliga g‘ubor qo‘nmasin zinhor. Ona yer, Ona yer, Ona yer!..
Bir yonda za’faron Sahroyi Kabir,
Bir yonda oq sochli tog‘lar purviqor.
Sening toleingga o‘qiydi takbir.
Yer esa o‘z o‘qi tegrasida aylanaveradi...
Jug‘rofiya... Xarita, kurrai masna’... Kant... Behbudiy... Asror muallim... Yana, yana, yana... onaning bag‘ridir ona sayyora!..
Xurshid DO‘STMUHAMMAD,
yozuvchi, publitsist
