Kun xabarlari qisqa satrlarda
Guliston Davlat universitetida “Men saylovga tayyorman” koʻrik-tanlovining Sirdaryo viloyati bosqichi boʻlib oʻtdi.
* * *
13-18-oktyabr kunlari Ozarbayjonda tashkil etilgan “Naxchivan – 95” futbol boʻyicha xalqaro turnirda Qoraqalpogʻiston Respublikasi bolalar va oʻsmirlar futbol akademiyasining 25 ta sportchidan iborat guruhi bir nechta nufuzli davlatlar orasida faxrli uchinchi oʻrinni egalladi.
* * *
Samarqand Veterinariya meditsinasi institutida “Adliya va Yoshlar” loyihasi doirasidagi navbatdagi maʼrifiy uchrashuv tashkil etildi.
* * *
Namanganda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tizimidagi taʼlim muassasalari talabalari oʻrtasidagi “Universiada-2019” sport oʻyinlarining gandbol boʻyicha hududiy saralash bosqichi musobaqalari boʻlib oʻtdi.
* * *
Samarqandda anʼanaviy “Universiada” sport oʻyinlari boʻlib oʻtdi. Unda samarqandlik sportchilar gʻalaba qozonib, final bosqichi yoʻllanmasini qoʻlga kiritdi.
* * *
Navoiy Davlat pedagogika instituti Axborot-resurs markazi foydalanishga topshirildi. Kutubxona yengil konstruksiyali loyiha asosida qariyb 3 milliard soʻm evaziga bunyod etildi.
* * *
Namanganda umumtaʼlim maktablari oʻquvchilari oʻrtasida oʻtkazilayotgan “Quvnoqlar va zukkolar” koʻrik-tanlovining viloyat bosqichi boʻlib oʻtdi.
* * *
Namanganda Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasi viloyati kengashi tashabbusi bilan “Birgalikda biz kuchmiz!” shiori ostida yangi formatdagi saylovoldi targʻibot tadbiri oʻtkazildi.
* * *
Buxoroda qabul qilinayotgan qonun hujjatlari, davlat dasturlari mazmun-mohiyatini aholining keng qatlamiga yetkazish maqsadida “Maʼnaviyat festivali” boʻlib oʻtdi.
* * *
Poytaxtimizda “Kelajakning texnologik talablari sharoitida mehnat bozori transformatsiyalashuvi va mutaxassislarga boʻlgan ehtiyoj. Oʻzbekiston va Rossiya oliy taʼlim muassasalarining hamkorlik imkoniyatlari” mavzusida xalqaro davra suhbati boʻlib oʻtdi.
* * *
Andijon viloyati Izboskan tumanining Navroʻzobod hamda Mirzo Ulugʻbek mahallalaridagi maktabgacha taʼlim muassasalari kapital taʼmirlanib, foydalanishga topshirildi.
* * *
Andijon viloyati Izboskan tumanining Navroʻzobod hamda Mirzo Ulugʻbek mahallalaridagi maktabgacha taʼlim muassasalari kapital taʼmirlanib, foydalanishga topshirildi.
* * *
Toshkent shahridagi 94-umumtaʼlim maktabida boshlangʻich sinf oʻquvchilari uchun “EduMarket” interfaol virtual taʼlim pilot loyihasining ilk namunaviy bosqichini amalga oshirish boshlandi.
* * *
Poytaxtimizda “Kimyo fani va sanoatni rivojlantirishning dolzarb muammolari” mavzuida I xalqaro oʻzbek-qozoq simpoziumi oʻtkazildi.
* * *
“Taraqqiyot strategiyasi” markazida Adliya vazirligi tomonidan yaqinlashib kelayotgan saylov jarayonlarini samarali tashkil etish va bunda fuqarolarning siyosiy faolligini oshirishga bagʻishlangan matbuot anjumani oʻtkazildi.
* * *
Poytaxtimizdagi “Oʻzkoʻrgazmasavdo” majmuida boʻlib oʻtayotgan “Businesswomenexpo – 2019” xalqaro koʻrgazmasida Oʻzbekiston, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston, Turkmaniston va Afgʻonistondan kelgan tadbirkor ayollar oʻz mahsulotlarini namoyish qilmoqda.