Kun xabarlari qisqa satrlarda
Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti professor-oʻqituvchilari ham munosib hissa qoʻshmoqdalar. Ayni paytda OʻzMU Ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektori Gʻolibjon Botirov boshchiligidagi bir guruh professor-oʻqituvchilar Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumani maktablarida oʻquvchilarga turli fanlardan “Mahorat darslari” oʻtdi.
* * *
Nukusda “Sanoat korxonalari energiya samaradorligini oshirish” loyihasi doirasida davra suhbati va energiya tejamkor texnologiyalar yarmarkasi boʻlib oʻtdi.
* * *
Xovos tumani tibbiyot birlashmasining yuqumli kasalliklar boʻlimi binosi tubdan qayta rekonstruksiya qilinib, foydalanishga topshirildi.
* * *
Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligida Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat tili toʻgʻrisida”gi qonuni qabul qilinganining 30 yilligiga bagʻishlangan maʼnaviy-maʼrifiy tadbir boʻlib oʻtdi.
* * *
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tomonidan besh muhim tashabbus doirasida “Jonajon Oʻzbekistonim, mangu boʻl omon!” shiori ostida ilk marotaba respublika talabalar festivali tashkil etildi.
* * *
Joriy yilning 17-18-oktyabr kunlari poytaxtimizdagi “Oʻzekspomarkaz” milliy koʻrgazmalar majmuida “Parlamentda hukumat soati va parlament eshituvlarini oʻtkazishning dolzarb masalalari: Oʻzbekiston va xorijiy mamlakatlar tajribasi” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy seminar oʻtkazildi.
* * *
Nukusda Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi kengashi tomonidan “Yorqin kelajakka OʻzLiDeP bilan birga qadam qoʻyamiz” mavzuida saylovoldi targʻibot tadbiri boʻlib oʻtdi.
* * *
Andijon davlat universitetida “Boshqaruv, optimallashtirish va dinamik sistemalar – CODS-2019” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman boʻlib oʻtdi.
* * *
Poytaxtimizda Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Oʻzbek tili, adabiyoti va folklori instituti, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tomonidan “Oʻzbek tilshunosligining dolzarb muammolari” mavzuida respublika ilmiy-nazariy anjumani oʻtkazildi.
* * *
Andijonda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi “Kelin-kuyovlar innovatsion maktabi” faoliyatini takomillashtirish, mutaxassislar malakasini oshirishga bagʻishlangan ilmiy-amaliy seminar boʻlib oʻtdi.
* * *
Toshkent shahar “Vatanparvar” tashkiloti tomonidan ham oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 30 yilligi munosabati bilan “Tilga eʼtibor – elga eʼtibor!” mavzuidagi maʼnaviy-maʼrifiy tadbir boʻlib oʻtdi.
* * *
Navoiy viloyat axborot-kutubxonada “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyati ochiqligini taʼminlash milliy tizimining tashkiliy huquqiy asoslari” mavzuida seminar boʻlib oʻtdi.
* * *
Oʻzbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Namangan viloyati kengashi “Yoshlar qanoti” tomonidan Namangan muhandislik-qurilish institutida talabalar ishtirokida “Yangi Oʻzbekiston – yangi saylovlar” mavzuida davra suhbati oʻtkazildi.
* * *
Navoiy viloyati Konimex tumani “Doʻstlik” mahalla fuqarolar yigʻinidafoydalanishga topshirilgan Maʼnaviyat va maʼrifat markazi 2,8 milliard soʻm mablagʻ evaziga bunyod etildi.
* * *
Davlat xizmatlari agentligi Xorazm viloyati boshqarmasining tashabbusi bilan Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi Xorazm viloyati boshqarmasi bilan hamkorlikda “Har bir bolaga bir kitob” deb nomlangan tadbir tashkil etildi.