Kun xabarlari qisqa satrlarda
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ellikqal’a tumani Davlat xizmatlari markazi xodimlari tomonidan tuman markazidan 25 kilometr uzoqlikda joylashgan “Tuproqqal’a“ mahalla fuqarolar yig‘ini hududida navbatdagi sayyor xizmat ko‘rsatildi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ellikqal’a tumani Davlat xizmatlari markazi xodimlari tomonidan tuman markazidan 25 kilometr uzoqlikda joylashgan “Tuproqqal’a“ mahalla fuqarolar yig‘ini hududida navbatdagi sayyor xizmat ko‘rsatildi.
Tadbirda 48 nafar fuqaroning farzandini mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi 21-maktabgacha ta’lim muassasasiga navbatga qo‘yish bo‘yicha arizalar qabul qilindi. Tumandagi ixtisoslashtirilgan san’at maktabining bitiruvchi yoshlariga STIR olish, jamg‘arilib boriladigan pensiya ta’minoti tizimiga hisobga olish, elektron raqamli imzo kalitlari shu yerning o‘zida olib berildi. Natijada 114 ta sayyor davlat xizmati ko‘rsatildi.
Sayyor xizmat ko‘rsatish davomida markaz xodimlari tomonidan ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirokida tuman Xalq ta’limi bo‘limiga qarashli 22-umumta’lim maktabida 11-sinf bitiruvchisiga maxsus o‘quv darsi o‘tildi. Tadbirda “Informatika va axborot texnologiyalari” fani o‘quv dasturida “Elektron hukumat” tizimi xizmatidan foydalanish, talab yuqori bo‘lgan davlat xizmatlarini zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan, shu jumladan Yagona portaldan foydalangan holda olish ko‘nikmalariga o‘rgatish bo‘yicha tushunchalar berildi. Bundan tashqari, aholiga 162 ta sayyor davlat xizmati ko‘rsatildi.
***
“Qoraqalpoq hududiy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati rahbariyati va kasaba uyushmalari qo‘mitasi tomonidan ichki turizm imkoniyatlaridan samarali foydalanish maqsadida qator loyihalar amalga oshirib kelinmoqda.
Bu borada tasdiqlangan chora-tadbirlar rejasiga muvofiq bugungi kungacha Mo‘ynoq tumanida amalga oshirilayotgan qurilish va bunyodkorlik ishlari, shuningdek Ellikqal’a tumanidagi ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar va tarixiy obidalar bilan tanishildi.
Shu asosda aksiyadorlik jamiyat tasarrufidagi korxonalarda faoliyat yuritayotgan bir guruh yosh energetiklarning Xorazm viloyatiga sayohati tashkil etildi. Sayohat davomida ular Xiva shahrida joylashgan ko‘plab tarixiy ob’ektlar va muzeylar bilan yaqindan tanishdilar.
***
Guliston davlat universitetida “Yangi O‘zbekiston – yangicha ijodiy yondashuvlar” mavzusida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Oliy Majlisga yo‘llagan Murojaatnomasidan kelib chiqadigan vazifalar yuzasidan konferensiya bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston Jurnalistlar ijodiy uyushmasi tashabbusi bilan tashkil etilgan tadbirda viloyat hokimligi, ommaviy axborot vositalari vakillari, yozuvchi-shoirlar, universitet professor-o‘qituvchilari va talaba-yoshlar ishtirok etdi.
O‘zbekiston Jurnalistlar ijodiy uyushmasi raisi Sa’dulla Hakim, Oliy Majlis Senati a’zosi Farhod Boqiev, Jurnalistlar ijodiy uyushmasi viloyat bo‘limi raisi Boyjigit Abdullaevlar mavzuga doir fikrlarini tinglandi.
– Ijodkorlar bilan o‘tadigan har bir uchrashuv universitetimiz jamoasining doimiy diqqat markazida bo‘lgan, – deydi universitet matbuot kotibi Ravshan Mahmudov. – Mazkur tadbirda 2020 yil – Ilm-ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yilida amalga oshiriladigan asosiy vazifalar haqida ham fikrlashib olindi.
***
Prezidentimizning Oliy Majlisga yo‘llagan Murojaatnomasida Toshkent, Nukus, Buxoro, Namangan, Samarqand, Guliston va Urganch shaharlarida “IT-Park” barpo etish xususida to‘xtalgan edi.
Sirdaryo viloyati hamda Guliston shahri hokimliklari mas’ullari va boshqa mutasaddi tashkilotlar rahbarlari viloyat markazida qurilish ishlari qizg‘in olib borilayotgan “IT-Park” binosi va uning loyihasi bilan tanishdi.
Guliston shahridagi O‘zbekiston shoh va Samarqand ko‘chalari kesishmasida joylashgan “IT – Park GULISTAN” va “Hunarmandlar markazi” binosining umumiy loyiha qiymati 12 milliard 150 million so‘mdan ortiqni tashkil etadi. “IT-Park” binosi joriy yilning fevral oyi yakunida foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan.
***
Sirdaryo viloyati hokimligi qabullar uyida Prezidentimizning 2019 yil 8 yanvaridagi “Hududlarni kompleks ijtimoiy iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha sektorlar faoliyatini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ijrosi doirasida fuqarolar murojaatlari yuzasidan sayyor qabul o‘tkazildi.
Ushbu qabul jarayonida 27 nafar fuqaroning murojaatlari ko‘rib chiqildi. 14 ta murojaat shu joyning o‘zida hal qilindi. 9 ta murojaat tegishli tartibda o‘rganib chiqish uchun vaqt talab qilganligi sababli mutasaddi idoralar rahbarlariga aniq vazifalar yuklatildi.
***
Sirdaryo viloyati favqulodda vaziyatlar boshqarmasi tomonidan Sirdaryo tumanidagi 27-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida favqulodda vaziyatlarda qanday harakatlanish lozimligi bag‘ishlab “O‘z uyingni o‘zing asra!” mavzusida profilaktik tadbir tashkil etildi.
Profilaktik tadbir davomida maktab o‘qituvchi va o‘quvchilariga sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarni oldini olish, yong‘in xavfsizligi qoidalari talablariga rioya etishlari, is gazidan zaharlanishdan saqlanishlari yuzasidan atroflicha tushunchalar berildi. Amaliy ko‘rgazmali mashg‘ulotlar o‘tkazildi.
***
Guliston davlat universiteti muassisligida muntazam chop etib kelinayotgan “Universitet ovozi” gazetasi tashkil topganiga 20 yil bo‘ldi.
Shu munosabat bilan o‘tkazilgan tadbirda viloyat hokimligi, O‘zbekiston jurnalistlar ijodiy uyushmasi, uyushmaning viloyat bo‘limi rahbarlari, ijodkorlar, universitet o‘qituvchi va talabalari ishtirok etdi.
Yig‘ilish so‘ngida gazetaning sobiq xodimlari va bugungi faoliyatida eng faol bo‘lgan jamoatchi muxbirlariga “Faxriy yorliq” va esdalik sovg‘alari topshirildi.
***
O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Jizzax viloyati kengashi viloyat xokimligi bilan hamkorlikda 100 nafar faol yoshlarning Toshkent shahriga sayohatini tashkil qildi.
Jizzaxlik yoshlar poytaxtimizning tarixiy, madaniy yodgorliklari, diqqatga sazovor joylari bilan tanishdilar. Yoshlar poytaxt bo‘ylab sayohatlari xalqimizning atoqli adibi Abdulla Qodiriy muzeyi bilan tanishishdan boshlandi.
Prezidentimiz tashabbusi bilan o‘tgan yilning so‘ngi kunlarida Toshkent shahrining Samarqand darvoza ko‘chasidagi ijodkor yashagan xonadonda Abdulla Qodiriy uy-muzeyi ochilishi mamlakatimiz hayotida muhim voqea bo‘lgandi. Bu qutlug‘ maskandan yozuvchi-shoirlar, adabiyot muxlislari, madaniyat va san’at namoyandalari, muzeyshunoslar, keng jamoatchilik vakillari bilan gavjum.
Adib muzeyi Abdulla Qodiriy nomidagi madaniyat va istirohat bog‘iga kiraverishda barpo etilgan. Jizzaxlik yoshlar bog‘ darvozasi qarshiga o‘rnatilgan buyuk adibning haykalini ziyorat qilishdi.
Toshkent bo‘ylab sayohat davomida yoshlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov nomidagi ilmiy-ma’rifiy yodgorlik majmuasi bilan tanishdilar.