Kubok uchun bahs qizg‘in
Poytaxtimizdagi “O‘zbekiston” sport majmuasida mini-futbol bo‘yicha “Assotsiatsiya kubogi – 2014” musobaqasi o‘tkazilmoqda. Unda o‘n olti jamoa 4 guruhga bo‘lingan holda g‘oliblik uchun bahslashmoqda.
Poytaxtimizdagi “O‘zbekiston” sport majmuasida mini-futbol bo‘yicha “Assotsiatsiya kubogi – 2014” musobaqasi o‘tkazilmoqda. Unda o‘n olti jamoa 4 guruhga bo‘lingan holda g‘oliblik uchun bahslashmoqda.
Musobaqa guruh bosqichining birinchi tur uchrashuvlari kutilmagan natijalarga boy bo‘ldi. “A” guruhida “Maksam-Chirchiq” (Chirchiq) vakillari “Old City” (Toshkent) jamoasi ustidan 7:0 hisobida g‘alaba qozongan bo‘lsa, Farg‘onaning “Neftchi” klubi “Ardus”(Toshkent)ni 5:4 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.
“V” guruhida Toshkentning “Paxtakor” jamoasi amaldagi chempion – “Lokomotiv”ni 3:2 hisobida yenggan bo‘lsa, Qarshining “Nasaf” jamoasi “Farg‘ona Azot”(Farg‘ona)ni 9:1 hisobida dog‘da qoldirdi.
“S” guruhida qatnashayotgan “Asnam” (Namangan) jamoasi “Kogon” (Kogon) klubiga 1:5 hisobida imkoniyatni boy berdi, “Do‘stlik” (Qarshi) va “O‘zsanoatqurilishbank” (Toshkent) jamoalari o‘rtasidagi bahsda esa hisob ochilmadi.
“D” guruhida Toshkentning ikki jamoasi – “ProDIGY” va “Bunyodkor” o‘rtasidagi bahsda 3:2 hisobi qayd etildi, “Olmaliq”(Olmaliq) va “Mikrokreditbank”(Toshkent) jamoalari uchrashuvi 8:2 hisobi bilan yakunlandi.