Kubada halokatga uchragan samolyot ekipaji ustidan ikki marotaba shikoyat tushgan
Kuba Gavanasida juma kuni halokatga uchragan Meksika charter kompaniyasiga tegishli samolyot ekipajining nojo‘ya hatti-harakatlari ustidan o‘tgan 10 yil davomida ikki marta jiddiy shikoyat kelib tushgan. Bu haqda Theguardian nashri ma’lum qilgan.
Gavana fuqarolik aviatsiyasi direktori Egbert Fieldning so‘zlariga ko‘ra halokatga uchragan samolyot ekipaji Kubaga parvozlari davomida meyordan ortiq yuk ortishga ruxsat berganliklari sababli o‘tgan yili ularga Gavana havo kenglikliklaridan foydalanish ta’qiqlangan ekan.
Nafaqaga chiqquniga qadar 40 yil davomida Kuba aviatsiyasida uchuvchi bo‘lib faoliyatyuritgan Ovidio Martinez Lopesning eslashicha, halokatga uchragan samolyot 2010 yoki 2011 yili Santa Klara shahri uzra uchayotib bir muddatga radar ekranlaridan yo‘qolib qolgan va bu holat Kuba aviatsiya xavfsizligi rasmiylarini keskin noroziliklariga sabab bo‘lgan.
Meksika rasmiylariga ko‘ra, halokatga uchragan Boeing 737-201 samolyoti 1979 yilda qurilgan bo‘lib, Kuba aviakompaniyasi tomonidan Aerolineas Damojh charter kompaniyasidan ijraga olingan. O‘tgan yili Gavana aviatsiya ma’murlari shunga o‘xshash samolyotning charter reyslarini haddan ziyod yuk olganligi va boshqa jiddiy sabablar tufayli to‘xtatib qo‘ygandi.