Korxona va tashkilotlar diqqatiga!
Ishtirokchilar tomonidan taqdim etilgan hujjatlar “Tanlov hujjatlariga qo‘yilgan talablar”ga muvofiq bo‘lishi shart.
“Agrobank” ATB Bosh ofisi, hududiy boshqarmalar va filiallar o‘rtasidagi aloqa tizimini takomillashtirish hamda bank tarmoq qurilmalarini modernizatsiya qilish, shuningdek, videokonferensaloqa texnologiyasi asosida majlislarni tashkil etish va “Kontakt markazi” faoliyatini sifatli yo‘lga qo‘yish maqsadida “Bank tizimida texnik-dasturiy kompleksni modernizatsiya qilish va videokonferensaloqa tizimi”ni ishlab chiqish bo‘yicha tanlov e’lon qiladi.
Tanlov ishtirokchilari “Agrobank” ATB tizimida texnik-dasturiy kompleksni modernizatsiya qilish va videokonferensaloqa tizimini joriy etish” texnik topshirig‘i bilan tanishishlari lozim. Ishtirokchilar tomonidan taqdim etilgan hujjatlar “Tanlov hujjatlariga qo‘yilgan talablar”ga muvofiq bo‘lishi shart.
Tanlov komissiyasining ishchi organi manzili va telefoni: Toshkent shahri, Muqimiy ko‘chasi, 43-uy. Tel.: (71) 202-80-08. (ichki raqam: 11324). E-mail: a.muradov@agrobank.uz
Ishtirokchilar tanlov shartlari bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumotlarni olish uchun yuqoridagi manzil yoki telefon orqali murojaat qilishlari mumkin.
Tijorat takliflari joriy yilning 15 iyun kuni soat 17.00 ga qadar qabul qilinadi.
Bank tanlovning har qanday bosqichida uni bekor qilish huquqiga ega.