Korrupsiyaga qarshi hamkorlik
FOTOREPORTAJ
Samarqand viloyati soliq boshqarmasi shaxsiy xavfsizlik bo‘limi tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi organlar vakillari bilan hamkorlikda Samarqand shahridagi tadbirkorlik subyektlari o‘rtasida korrupsiyaga qarshi targ‘ibot-tashviqot tadbirlarini o‘tkazmoqda.
Targ‘ibot tadbirlarida tadbirkorlarning soliq majburiyatlarini bajarish chog‘ida duch kelishi mumkin bo‘lgan korrupsion holatlar, bunday vaziyatda mas’ullarga xabar berish yo‘llari tushuntirilib, zarur tarqatma materiallar tarqatildi.
[gallery-16639]
– Tadbirkor soliq organi xodimi tomonidan tamagirlik holatiga duch kelsa nima qilishi kerak, korrupsion holat bo‘yicha qanday xabar berish mumkin, degan haqli savollarga targ‘ibot tadbirlari davomida batafsil tushunchalar berilmoqda, - deydi Samarqand viloyati soliq boshqarmasi sho‘ba boshlig‘i Davron Ravshanov. – Tadbirkorlar xodimlarning noqonuniy xatti-harakatlari haqida o‘z vaqtida xabar bersa, tizimda korrupsiyaning ildizi quriydi, jamiyatda sog‘lom muhit barqarorligi ta’minlanadi. Shu bois, huquqni muhofaza qiluvchi organlari mutasaddilari va keng jamoatchilik bilan hamkorlikni rivojlantirayapmiz.
Alisher ISROILOV(surat),O‘zA