Korrupsiya – taraqqiyotga tahdid
FOTOREPORTAJ
Surxondaryo viloyatining Boysun tumanidagi 1-umumta’lim maktabida “Adolat” SDP tuman Kengashi va tuman hokimligi hamkorligida “Korrupsiya – taraqqiyotga tahdid” mavzusida tadbir o‘tkazildi.
“Korrupsiyaga qarshi kurash oyligi” loyihasi doirasida tashkil etilgan tadbirda partiya faollari, tuman hokimligi vakillari, mahallalar yettiligi va maktab pedagoglar jamoasi ishtirok etdi.
Tadbirda so‘z olganlar korrupsiyaga qarshi kurashda halollik – eng kuchli vosita ekanligini ta’kidladi. Shu bilan birga, bu illatga qarshi kurashda jamiyatning har bir a’zosi faol ishtirok etishi zarurligini aytib o‘tdi.
Tadbir ishtirokchilari korrupsiya, uning jamiyatga va davlat rivojiga qanday salbiy ta’siri mavjud, korrupsiyaga qarshi yoshlarda immunitetni shakllantirish uchun nimalarga e’tibor berish zarur, kabi savol bo‘yicha qizg‘in bahsga kirishib, o‘z munosabatini erkin bayon etdi.
Ta’kidlanganidek, korrupsiyani jaholatning zamonaviy ko‘rinishi bo‘lib, uning ildizi bugun tilga olinayotgan dabdababozlik, manmanlik, loqaydlik, madaniyatsizlik, ma’rifatsizlikka borib taqaladi. Ma’rifatni tanigan inson hech qachon korrupsiya botqog‘iga yaqin bormaydi. Agar bugun korrupsiyaga nuqta qo‘yilmas ekan, u ertaga kelajak avlod ongiga ham singib ketadi. Uning oldini olishda esa ziyoli va ma’rifatli insonlarning o‘rni beqiyos.
Yig‘ilish davomida ishtirokchilar o‘z taklif va mulohazalarini bildirib, korrupsiyaga qarshi ma’rifiy tadbirlarni ko‘paytirish, yoshlar o‘rtasida halollik va qonunbuzarlikka murosasiz munosabatni targ‘ib qilish muhimligini ta’kidladi.
Jonibek QO‘ZIMURODOV (surat), O‘zA