Koronavirus xavf-xatari hali tugagani yo‘q...
Farg‘ona viloyati 2-viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasi 24 soat davomida faoliyat ko‘rsatish uchun rentgen, kislorod kondensatori, pulsoksimetr, PZR-test, zarur dori-darmonlar, sarflov moslamalari, dezinfeksiyalovchi eritmalar bilan to‘liq ta’minlangan.
Muassasada 350 o‘rin-joyning 200 tasi intensiv terapiya, 150 tasi reanimatsiya bo‘limi uchun ajratilgan. Hozirgi kunda 24 nafar shifokor, 75 nafar hamshira, 21 nafar kichik tibbiyot xodimi uch smenada 8 soatlik ish rejimida fidokorona faoliyat ko‘rsatmoqda.
[gallery-5512]
– Koronavirus xavf-xatari hali tugagani yo‘q, - deydi bosh shifokor Akmal Shermatov. – Afsuski, hamyurtlarimizning ko‘pi bu borada belgilangan tartib-qoidalarni unutib qo‘ymoqda. Bu yerda davolanayotgan bemorlarning aksariyat qismi vaksina bilan emlanmaganlar ekanligi, pandemiya sharoitida belgilangan tartiblarga qat’iy rioya etish nechog‘li muhimligini anglatadi.
Muqimjon QODIROV (surat), O‘zA