Ko‘rfazdan o‘tayotgan kemalar Xitoy nomi bilan himoyalanishga urinyapti
Fors ko‘rfazida qolib ketgan kemalar ehtimoliy hujumdan qochish uchun o‘zlarini Xitoyga tegishli, deya transponderlardan foydalanmoqda.
“Financial Times” gazetasi xabar berishicha, so‘nggi hafta ichida sirtiga “Xitoyga qarashli” yoki “Ekipaj a’zolarining hammasi xitoylik” yozuvi tushirilgan kamida 10 ta kema ko‘zga tashlangan.
Hozir Fors ko‘rfazi va yaqin atrofda taxminan 25 milliard dollarlik taxminan 1000 ta kema to‘xtab turibdi. Yaqin Sharqdagi mojaro tufayli Ko‘rfaz mamlakatlaridan global bozorga neft va suyultirilgan gaz yetkazib beruvchi asosiy yo‘lak hisoblangan Hurmuz bo‘g‘ozi orqali yuk tashish deyarli to‘xtagan.
S.Rahimov, O‘zA