Koreys tilini o‘rgatishdagi ilg‘or tajribalar o‘rganildi
FOTOREPORTAJ
Buxoro shahridagi 42-ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabida Koreya Respublikasi bilan ta’limdagi hamkorlik natijasiga bag‘ishlangan seminar tashkil etildi.
Seminarda Koreya elchixonasi qoshidagi Koreya Respublikasi Ta’lim markazi vakillari va viloyatlardagi koreys tiliga ixtisoslashtirilgan ta’lim maskanlari direktorlari, xorijiy til o‘qituvchilari ishtirok etdi.
[gallery-12133]
Tadbirda dastlab koreys tili va madaniyatining o‘ziga xosligi hamda ahamiyati haqida fikr-mulohazalar bildirdi. Yurtimizda koreys tilini o‘rgatish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar xususida ma’lumotlar berildi.
– Keyingi yillarda mamlakatimizda yosh avlodga xorijiy tillarni o‘rgatishga yuksak darajada e’tibor qaratilmoqda, - deydi 42-ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabi direktori Halima Nurullayeva. – Bugungi seminar ham pedagoglarga xorij tillarni o‘rgatishda o‘zaro tajriba almashish imkonini berish bilan birga, koreys tilini o‘rgatishdagi ilg‘or tajribalarni amaliyotga joriy etishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Tohir ISTATOV(surat),O‘zA