Konstitutsiyamiz puxta o‘rganilmoqda
Buxoro shahridagi 16-umumta’lim maktabida mingdan ziyod o‘g‘il-qiz zamonaviy sharoitlarda ta’lim-tarbiya olmoqda.
Buxoro shahridagi 16-umumta’lim maktabida mingdan ziyod o‘g‘il-qiz zamonaviy sharoitlarda ta’lim-tarbiya olmoqda.Bu yerda Asosiy qonunimizning jamiyat va shaxs hayotida tutgan o‘rni, uning mazmun-mohiyatini teran anglashga qaratilgan davra suhbatlari, bellashuv va viktorinalar muntazam o‘tkaziladi. Tadbirlarda o‘quvchilar o‘zlarining huquqiy mavzudagi insholari, davlatimiz ramzlari, urf-odatlari tasvirlangan tasviriy san’at namunalari bilan faol ishtirok etmoqda.