Kompani: «Kan mundialga hatto qo‘l-oyog‘i singan bo'lsa ham borgan bo‘lardi»
«Bavariya» bosh murabbiyi Vensan Kompani Oliver Kanning Jamal Musiala haqidagi yaqinda bildirgan fikrlariga munosabat bildirdi.
Afsonaviy sobiq darvozabonning fikriga ko'ra, 23 yoshli futbolchi og‘ir jarohatdan so‘ng hali ham o‘z formasini tiklab olmagan, shu sababli o‘z manfaati yo‘lida JCh-2026 ni o‘tkazib yuborishi lozim.
«Men Kanni mashg‘ulotlarda ko‘rganman va shuni ayta olamanki, u hatto qo‘l-oyoqlari singan holatda ham jahon chempionatiga borgan bo‘lardi», — deya tabassum bilan javob qaytardi Kompani sobiq darvozabonning so‘zlari haqidagi savolga.
Musialaning o‘zi esa Oliver Kanning maslahatiga amal qilmoqchi emasligini allaqachon aytib bo'lgan. Shanba kuni Jamal «Sankt-Pauli» ustidan qozonilgan yirik g‘alabada (5:0) ishtirok etib, bitta gol va bitta golli uzatmaga mualliflik qildi.