Ko‘krak nishoni o‘z egalariga topshirildi
Buxoro shahridagi Mir arab oliy madrasasida “Diniy bag‘rikenglik” ko‘krak nishoni o‘z sohiblariga taqdim etildi.
Unda viloyat hokimining o‘rinbosari Azizbek Qalandarov, viloyat bosh imom-xatibi, Mir arab oliy madrasasi rektori Jobir Elov so‘zga chiqib, yurtimizda diniy-ma’rifiy soha rivoji yo‘lida olib borilayotgan izchil sa’y-harakatlar xususida to‘xtaldi. Yuksak e’tirofga sazovor bo‘lganlarni samimiy tabrikladi.

Tadbirda yurtimizda davlatimiz rahbari tomonidan diniy-ma’rifiy sohada amalga oshirilayotgan ishlar natijasida fuqarolarning vijdon erkinligi, din va millatlararo totuvlik ta’minlanayotgani, mazkur nishonning ta’sis etilgani esa hukumatimizning diniy sohaga bo‘lgan yuksak e’tiborining yaqqol namunasi ekani ta’kidlandi.


Quvonarlisi, bu yilgi taqdirlangan mukofot sohiblari qatorida olti nafar viloyat vakillarining ham borligi barchada faxr-iftixor tuyg‘ularini uyg‘otadi.
Zarif Komilov, O‘zA muxbiri.