Kim Chen In sogʻ-salomat
Kim Chen In Koreya Ishchi partiyasi Markaziy qoʻmitasining mamlakatdagi koronavirus tarqalishiga qarshi chora-tadbirlar muhokama qilingan kengaytirilgan tarkibdagi yigʻilishida raislik qildi.
Kim Chen In Koreya Ishchi partiyasi Markaziy qoʻmitasining mamlakatdagi koronavirus tarqalishiga qarshi chora-tadbirlar muhokama qilingan kengaytirilgan tarkibdagi yigʻilishida raislik qildi. “INTERFAX.RU” bergan xabarda aytilishicha, bu haqda Koreya Markaziy telegraf agentligi maʼlum qilgan.
Kim Chen In “bu borada partiya va jamiyat butun eʼtiborni zarur choralar koʻrishga qaratishi kerakligini” taʼkidlab, epidemiyaga qarshi kurashda kuzatilayotgan kamchiliklar bartaraf qilinishi lozimligini aytgan. Avvaroq, gʻarb ommaviy axborot vositalarida Kim Chen Inning salomatligi yomonlashgani va uning komada ekani bilan bogʻliq xabarlar tarqatilgandi.