Keniyada suv toshqini qurbonlari soni 110 taga yetdi
“Sinxua” agentligi xabariga ko‘ra, Keniyaning bir necha hududida kuchli yomg‘ir sabab yuzaga kelgan toshqin qurbonlari 110 nafarga yetdi. Bu xabarni rasmiylar tasdiqlagan.
Mamlakat Ichki ishlar vazirligi va Milliy hukumatni muvofiqlashtirish idorasi ma’lumotiga ko‘ra, 30 dan ziyod tuman tinimsiz yog‘ingarchilik oqibatida yuzaga kelgan suv toshqini va boshqa tabiiy ofatlardan jabr ko‘rgan. Aholi kutilmagan muammolarga duch kelgan, muhim infratuzilmaga jiddiy zarar yetgan.

– Eng ko‘p – 37 o‘lim holati Nayrobida kuzatildi, – deyilgan poytaxt hokimiyati e’lon qilgan bayonotda. – Sharqiy mintaqada 26, Rift vodiysida 14 kishi hayotdan ko‘z yumgan.
G.Sattorova, O‘zA