“Keng qamrovli sheriklik” yo‘lida
Xorij matbuoti O‘zbekiston haqida
Qatar davlati axborot agentligi – “QNA” sahifalarida O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov va Qatar davlatining mamlakatimizdagi Favqulodda va muxtor elchisi Hasan bin Hamza Hoshim uchrashuvi haqida maqola e’lon qilindi.
Muallif muzokara chog‘ida mustahkamlanib borayotgan ikki tomonlama hamkorlikning keng ko‘lamli kun tartibi, xususan iqtisodiy aloqalarga doir masalalar muhokama qilinganini ta’kidlagan. O‘zaro муносабат “keng qamrovli sheriklik” darajasiga chiqishiga ishonch bildirilib, oliy va yuqori darajadagi bo‘lajak qo‘shma tadbirlar ko‘rib chiqilgani urg‘ulangan.
Muharrama Pirmatova,
O‘zA