“Kelajak muhandislari” xalqaro festivali: innovatsion g‘oyalar maydoni (+video)
Toshkent shahrida 28–30-aprel kunlari “Kelajak muhandislari” xalqaro festivali bo‘lib o‘tdi.
Festival Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan e’lon qilingan “Muhandislik oyligi” doirasida tashkil etilgan bo‘lib, mazkur oylik doirasida respublika bo‘ylab o‘tkazilgan tadbirlarda 10 mingdan ortiq yosh muhandislar ishtirok etdi.
“Kelajak muhandislari” festivali yosh, tashabbuskor va ijodkor muhandislarni bir maydonga jamlab, ularga o‘z innovatsion g‘oya va ishlanmalarini namoyish etish imkonini yaratadi. Festival ilm-fan, ta’lim va amaliyot integratsiyasini ta’minlovchi muhim platforma sifatida xizmat qiladi.
<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/xh1No00EbaU" title="“Kelajak muhandislari” xalqaro festivali: innovatsion g‘oyalar maydoni" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Ziyovuddin Nuriddinov, Oybek Davronov, Ulug‘bek To‘xtayev (video), O‘zA