Katta maqsadlar sari intilayotgan yoshlar (+video)
Yurtimizda yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlardan samarali foydalanayotgan yoshlardan biri Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus tumanida yashovchi yosh tadbirkor Sherzod Niyazimbetovdir.
U yosh tadbirkorlarga berilgan imkoniyatlardan unumli foydalanib, o‘z faoliyatini boshlagan. Hozirda Sherzod rahbarlik qilayotgan korxona qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlarini yetishtirish hamda chet elga eksport qilish bilan shug‘ullanadi. Uning kelajakdagi rejalari mahsulot eksportini yanada ko‘paytirish va yoshlar uchun ish o‘rnini kengaytirishdir.
Qahramonimiz bilan suhbatning to‘liq shaklini mazkur videohavola orqali ko‘rishingiz mumkin.
<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/HnYeeSZ6dcI" title="Qoraqalpog'iston Sherzod Niyazimbetov Uz hd" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Gulnoza Boboyeva, Anvarxo‘ja Ahmedov (video), O‘zA