“Kasblar tanlovi” g‘oliblari aniqlandi
Shu kunlarda yurtimiz bo‘ylab “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida “Yoshlar forumi — 2024” o‘tkazilmoqda.
Forum davomida “Kasblar tanlovi”ning Toshkent shahar bosqichi bo‘lib o‘tdi.

“Elektromontaj ustasi” hamda “Novvoychilik” yo‘nalishlarida tumanlardan g‘olib bo‘lgan 18-21 yosh toifasidagi, shuningdek dizaynerlik yo‘nalishida 31 yoshga to‘lmagan yoshlar o‘zaro bahs olib bordi.

"Elektromontaj ustasi" yo‘nalishida 1-o‘rin va Respublika bosqichi yo‘llanmasiga Yakkasaroy tumani Rakatboshi mahallasidan Shoilyosbek Anorboyev, 2-o‘ringa Uchtepa tumani Jurjoniy mahallasidan Jasurbek Ismoilbekov, 3-o‘ringa Sergeli tumani Sadoqat mahallasidan Sarvarbek Obidjonov ega bo‘ldi.

"Novvoychilik” yo‘nalishida yosh novvoylar mahorat maydonida o‘zaro bellashdi. 1-o‘rinni Sergeli tumani Quruvchilar mahallasidan Mirodil Mirobidov egalladi. 2-o‘rin Chilonzor tumani Xayrobod mahallasidan Abdullo O‘lmasovga hamda 3-o‘rin Yakkasaroy tumani Qushbegi mahallasidan Shahzod Davronovga nasib qildi.
Gulnoza Boboyeva,
O‘zA