Karatechilarimiz Dubayga yoʻl oladi
Joriy sport mavsumi oʻzbekistonlik karatechilar uchun masʼuliyatli yillardan biri, desak mubolagʻa boʻlmaydi.
Joriy sport mavsumi oʻzbekistonlik karatechilar uchun masʼuliyatli yillardan biri, desak mubolagʻa boʻlmaydi. Boisi, 2019 yilgi sport mavsumida Tokio-2020 olimpiadasi uchun muhim reyting ochkolari oʻynaladi.
Shu yil 15-17 fevral kunlari Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida karate boʻyicha “Premyer Liga” reyting turniri boʻlib oʻtadi. Musobaqada jahonning turli mamlakatlaridan 700 nafardan ziyod sportchi gʻoliblik uchun tatamiga chiqishadi. Musobaqa shunisi bilan ham muhimki, unda sportchilar Olimpiya reyting ochkolariga ega boʻlishadi.
Dubay tatamilarida Oʻzbekiston sharafini erkaklar oʻrtasidagi bahslarda 60 kg.gacha boʻlgan vazn toifasida Sadriddin Saymatov, 67 kg.gacha boʻlgan vaznda Iqboljon Uzoqov va Sanjar Abdukarimov, 75 kg.gacha boʻlgan vaznda esa Dostonbek Otabolayev, ayollar oʻrtasidagi bellashuvlarda Bahriniso Boboyeva (-50 kg.) hamda Barno Mirzayevalar (-61 kg.) himoya qilishadi.