Karantinga ixtiyoriy kirish mumkinmi?
Kuzatuvlarimizga koʻra bemorlar koronavirusdan oʻrtacha 10-15 kun baʼzida ogʻir hollarda bir oyda tuzaladi.
– Agar kimdir koronavirus infeksiyasini yuqtirgan inson bilan bevosita muloqot qilgan boʻlgan boʻlsa, karantinga kirish majburiy, — deb javob berdi AOKAda oʻtkazilgan brifingda Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Koronavirusga qarshi kurash shtabi aʼzosi Habibulla Oqilov. – Salomatligi yaxshi boʻlgan inson karantinga kirishi mumkin emas. Unga zarurat ham yoʻq.
Kuzatuvlarimizga koʻra bemorlar koronavirusdan oʻrtacha 10-15 kun baʼzida ogʻir hollarda bir oyda tuzaladi. Tuzalgandan keyin yana 14 kun nazoratda boʻladi. Karantinga olinganlar esa asosan 14 kunda laboratoriya natijalari manfiy boʻlsa, chiqariladi. Aksincha, natijalar musbat boʻlsa, karantin davom etadi.
Karantin davrida uyda sogʻlom turmush tarzi va toʻgʻri ovqatlanishga eʼtibor qilish kerak. Agarda inson ochiq oyna oldida gimnastika bilan shugʻullanishni ixtiyor etsa yoki xonadonida, hovlisida yugursa boʻladi. Lekin koʻchada yugurish karantin qoidalarini buzishga olib keladi.
Pandemiya davrida shifokorlar karantinda laborator tasdiqlangan bemorlarni davolagan boʻlsa va xavf ostida boʻlgan boʻlsa, unga Prezidentimiz qabul qilingan ragʻbatlantirish qaroridagi mablagʻni oladi. Biroq karantinda boʻlganlarning hammasi sogʻ boʻlsa, maoshga qoʻshimcha foiz qoʻshiladi, xalos.