Kaka: Neymar va Vinisius terma jamoa uchun muhim futbolchilar
Kaka Oltin to‘pni qo‘lga kiritgan so‘nggi braziliyalik futbolchi bo‘lib turibdi.
Braziliya terma jamoasi va "Milan" klubi yetakchisi Rikardo Kaka Neymarning jahon chempionatiga borishi haqida gapirdi.
"Vinisius Junior va Neymar Braziliya terma jamoasi uchun juda muhim futbolchilar sanaladi. Neymar uchun bu to‘rtinchi jahon chempionati bo‘ladi. U ulg‘aydi va butun jamoani ortidan ergashtira oladi. Vinisius esa "Real" safida yaxshi mavsum o‘tkazdi. Ko‘plab o‘yinlarda uning gollari jamoasiga katta yordam berdi", - dedi Kaka.
Eslatib o‘tamiz, Kaka Oltin to‘pni qo‘lga kiritgan so‘nggi braziliyalik futbolchi bo‘lib turibdi. U 2007-yilda ushbu sovrinni o‘ziniki qilgan edi.