Kaftdek yerdan 15 million soʻm daromad
Koronavirus pandemiyasi tufayli oziq-ovqat xavfsizligi yana-da dolzarb ahamiyat kasb etgan bugungi kunda tomorqa yerlardan samarali foydalanayotgan yurtdoshlarimizning ibrati tahsinga loyiq.
Koronavirus pandemiyasi tufayli oziq-ovqat xavfsizligi yana-da dolzarb ahamiyat kasb etgan bugungi kunda tomorqa yerlardan samarali foydalanayotgan yurtdoshlarimizning ibrati tahsinga loyiq.
Namangan viloyati hokimi Xayrullo Bozorov Mingbuloq tumanida aholi tomorqalaridan samarali foydalanish boʻyicha qilinayotgan ishlar bilan tanishish jarayonida Gurtepa qishlogʻidagi Dilshodbek Neʼmatov xonadonida ana shunday ibratli ishga guvoh boʻldi.
Xonadon egasi 12 kvadrat metr maydonda tashkil etgan issiqxonada dekabr oyidayoq karam, bulgʻor qalampiri va pomidor urugʻi sepgan edi. Xonadon sohibi oʻtgan vaqt mobaynida unib chiqqan koʻchatlarni saralab qayta ekib, 100 ming tupdan ziyod koʻchat tayyorlagani, ayni ekish mavsumida 15 million soʻmdan ortiq daromad qilganini gapirib berdi.
Shuningdek, 15 sotixdan iborat hovlining tomorqasiga ekilgan karam hosil tugishga kelgani, kartoshkalar yetilib qolgani D.Neʼmatovning yerdan foydalanish boʻyicha mirishkor ekanligidan dalolat berib turibdi. Bundan tashqari, xonadon egalari tomorqani gullatish bilan birga, asalarichilik bilan ham shugʻullanadi.