«Jusy baby» tagliklarining importi cheklanadi
Respublika hududida sifatsiz mahsulotlarni realizatsiya qilinishining oldini olish maqsadida «O‘zstandart» agentligi huzuridagi Departament tomonidan Toshkent shahridagi savdo majmualarida sotilayotgan bolalar tagliklari (pampers) mahsulotini standart talabiga asosan o‘rganildi.
Akkreditlangan sinov laboratoriyasida o‘tkazilgan sinovlar natijasida Turkiya davlatida ishlab chiqarilgan «Jusy baby» mahsuloti amaldagi OʼzDst 3482:2020 standartining 5.9.2 bandi talabi, ya’ni «To‘liq nam yutuvchanlik» ko‘rsatkichi bo‘yicha muvofiq emasligi aniqlandi hamda importini cheklash yuzasidan Bojxona qo‘mitasiga ma’lumot kiritildi.
O‘zA