Jurnalistika sohasida qanday fikrlash kerak?
Shiddat bilan o‘zgarayotgan bugungi axborot davrida jurnalistlarning o‘z o‘rni, faoliyat turini topish oson ish emas. Jurnalistika darg‘alari yaratgan o‘zbek milliy jurnalistikasi an’analariga ko‘ra faoliyat ko‘rsatuvchi yoki raqobat va mediabiznes yo‘nalishida o‘ziga jalb qilib bo‘lgan nodavlat ommaviy axborot vositalarining faoliyatini kuzatar ekanmiz, bir qarashda axborot makoni egallangandek tuyuladi.
Xo‘sh, bunday vaziyatda jurnalist qaysi sifatlari bilan o‘z o‘rniga ega bo‘lishi mumkin. Hozirgi davrda raqobat juda kuchli, bu hech kimga sir emas. Har taraflama yetuk kadrlar, o‘z ishini ustalari ildam qadam tashlayotgani ayni haqiqat. Ayniqsa jurnalistning tanqidiy qarashi va kreativ fikrlashi uning bir qadam oldinda yurishini ta’minlaydigan xislatlardan biridir. Shunday qilib qanday tanqidchi va kreativ bo‘lish mumkin?
Kreativ fikrlash – o‘ziga xos ilmiy nazariyaga ega yo‘nalish bo‘lib, har bir insonning ijodkorlik qobiliyatini oshiradi. Kreativlik bu noodatiy fikr yuritish, yangi g‘oyalarni o‘ylab topishdir. Kreativlik yangilikni ixtiro qilish, an’anaviylikdan voz kechib, odatiy fikr yuritishdan tashqariga chiqishni bildiradi.
Kreativ fikr yurita oladiganlar muammoni odatiy yo‘ldan boshqa tizimda yechib, uni yangicha hal qila oladilar. Kreativlik, ya’ni ijodkorlik tarixi million yillarni o‘z ichiga oladi. Bundan tashqari, jurnalistikada tanqidiy fikrlashning ham o‘ziga xos o‘rni bor. Tanqidiy fikrlash bu bizning ishonishimiz va inkor etishimiz uchun nima o‘rinli degan oqilona baholarni ishlab chiqishdir.
Tanqidiy fikrlash mantiq va ilm-fan vositalarni qo‘llaydi, chunki u ishonchsizlik yoki orzu-istak tafakkuridan oqilona munosabatda shubhalarni qadrlaydi. Tanqidiy fikrlash amaliyoti odamni adolatsizlikka yo‘l qo‘ymaslik va boshqalarning arizalarida o‘z ko‘rinishini aniqlashga ko‘maklashishi kerak. Noto‘g‘ri qaror qabul qilgan dalillar uning xulosasini qabul qilish uchun yaxshi asosga ega emas, shu bois, xatolarga qaramasdan, argumentlar juda samarali bo‘lmaydi.
E’tibor bersak, dunyo tamadduniga o‘z hissasini qo‘shgan buyuk daholarning hayoti oson kechmagan. Bolaliklari qiyinchilikda o‘tgan, taqdir yo‘llari boshqalarnikiga nisbatan ancha murakkab bo‘lgan.
Xullas, jurnalist – jamiyat shifokori. U ijtimoiy «kasallik»larni ilg‘ashi, adolatsizlikka befarq bo‘lmasligi kerak. Atrofdagi kamchilik va xatoliklarga boshqalarning e’tiborini torta bilishi uning kasbiy vazifasi. Buning uchun har bir ijodkor islohotlarni o‘zidan boshlashi lozim.
Xamdamova Zuhra,
O‘zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar
universiteti, Mediamarketing va reklama yo‘nalishi talabasi