Jo Baydenning ijtimoiy e’tirof reytingi pasaymoqda
AQSH prezidenti Jo Baydenning mamlakat aholisi o‘rtasidagi ijtimoiy e’tirof reytingi pastlashda davom etmoqda.
Aholi noyabrdagi oraliq saylovlarda respublikachilarning ustun kelishini ma’qul ko‘rmoqda, deb yozadi “The Washington Post”.
Shu tariqa, Baydenning hozirgi paytda davlat rahbari sifatidagi faoliyatini 37 foiz amerikaliklar qo‘llab-quvvatlamoqda. Ayni paytda 55 foiz amerikaliklar uning prezident sifatidagi ishidan qoniqish hosil qilmayotganini bildirgan.
Shu bilan birga, aholining teng yarmi 2022 yilning kuzida AQSH Kongressi respublikachilar qo‘liga o‘tishini istaydi, demokratlarga esa 40 foiz ovoz berilgan.
Tadqiqot 20-24 fevral kunlari tasodifiy telefon qo‘ng‘irog‘i orqali o‘tkazilgan bo‘lib, unda 1011 nafar ishtirokchi qatnashgan.
N.Toshpo‘latova