Jizzax viloyatining ekologik va tarixiy afsonalari
Jizzax vohasining boy tarixi, o‘ziga xos tabiati, o‘tmishi va buguni haqida tarixiy afsonalarini jamlagan kitob nashrdan chiqdi.
Jizzax viloyati ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi boshlig‘i Erkin Xolmatovning “Jizzax viloyatining ekologik va tarixiy afsonalari” nomli ushbu asari bir necha yillik izlanishlar va tinimsiz ijodiy mehnat samarasidir.


Kitobda vohaning noyob tabiiy manzaralari, Zomin, Nurota va Molguzar tog‘larining salobati, Aydarko‘l havzasining go‘zalligi, Qizilqum cho‘li, Baxmal olmalari, Forish uzumlari, Mirzacho‘l qovunlari kabi hududning o‘ziga xos boyliklari tasvirlangan. Muallif asarida vohaning bioxilma-xilligi, tabiat yodgorliklari, tabiiy resurslar, ziyoratgohlar haqidagi qimmatli ma’lumotlar bilan kitobxonni tanishtiradi.


Taqdimotda ishtirok etgan taniqli ijodkorlar, madaniyat xodimlari, mahallalar vakillari va ekofaollar aholining, ayniqsa, yosh avlodning tabiat va atrof-muhitga munosabatini yaxshilashda, ekologik madaniyatni yuksaltirishda bunday kitoblarning ahamiyati beqiyos ekanini ta’kidladilar.
Jamshid YORBEKOV (surat), O‘zA