Jidda uchrashuvi: Saudiya va Ukraina mintaqaviy vaziyatni muhokama qildi
Saudiya Arabistoni valiahdi Muhammad bin Salmon Jidda shahrida Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan uchrashuv o‘tkazdi. Suhbat davomida ikki davlat o‘rtasidagi munosabat va xalqaro kun tartibidagi muhim masalalar muhokama qilindi. Ayniqsa, Yaqin Sharqdagi harbiy keskinlik va Ukrainadagi vaziyatga alohida e’tibor qaratildi. Uchrashuvda har ikki tomondan yuqori darajadagi rasmiylar ham ishtirok etgan. Bu haqda hamkorimiz – Saudiyanigng yetakchi SPA axborot agentligi xabar qilgan.
Shu kuni valiahd Kolumbiya Prezidenti Gustavo Petroga harbiy samolyot halokati munosabati bilan ta’ziya bildirdi. Qurbonlarning oilalari va xalqqa hamdardlik izhor qildi. Shuningdek, jabrlanganlarga tezroq shifo tiladi. Bu qadam mamlakatning xalqaro hamdardlik siyosatini namoyon etdi.
TIV esa “United Nations Human Rights Council” tomonidan qabul qilingan rezolyutsiyani olqishladi. Hujjatda mintaqaga hujumlar inson huquqiga jiddiy tahdid sifatida baholangan. Rasmiy Ar-Riyod mazkur qaror xalqaro hamjamiyatning yagona qarashini ko‘rsatishiga urg‘u berdi. Qolaversa, bunday harakatlar davlat suverenitetiga mutlaqo xilofligi qayd etildi.
Bayonotda urushda ishtirok etmayotgan davlatlarga qarshi berilayotgan zarbalar qabul qilib bo‘lmas harakat sifatida izohlangan. Saudiya hukumati mintaqadagi barqarorlik va xavfsizlikni ta’minlashni ustuvor vazifa sifatida ko‘rsatdi. Xalqaro huquq va qoidalarga amal qilish zarurligi yana bir bor eslatildi.
Musulmon Ziyo, O‘zA