JCH-2026: Tarixdagi eng qattiq va kutilmagan reglament o‘zgarishlari
Jahon chempionatida o'zgargan 9ta muhim qoidalar bilan tanishing.
2026-yilgi Jahon chempionati nafaqat ishtirokchilar soni, balki muxlislar va jamoalar uchun joriy etilayotgan mutlaqo yangi, qat’iy qoidalari bilan ham tarixda qoladigan bo‘ldi.
FIFA tomonidan tasdiqlangan asosiy o‘zgarishlar bilan tanishing:
1. Obyektlarining «Groza» (momaqaldiroq) protokoli
Agar stadiondan 13 kilometr radiusda chaqmoq yoki elektr razryadi aniqlansa, uchrashuv zudlik bilan to‘xtatiladi. Futbolchilar kiyinish xonasiga, muxlislar esa tribuna ostidagi maxsus xavfsiz hududlarga evakuatsiya qilinadi. Oxirgi chaqmoqdan so‘ng 30 daqiqalik taymer ishga tushadi. Agar shu vaqt ichida yana chaqmoq chaqsa, vaqt qaytadan (noldan) boshlanadi. FIFA reglamentida ob-havo tufayli o‘yinni butunlay bekor qilishning maksimal vaqt cheklovi ko‘rsatilmagan.
2. Majburiy «Cooling Break» (suv ichish uchun tanaffus)
JCH tarixida ilk bor, ob-havo va stadion yopiqligidan qat’iy nazar, har bir bo‘limning 22-daqiqasida o‘yin 3 daqiqaga to‘xtatiladi va futbolchilarga suv ichib olish imkoniyati beriladi.
3. Finaldagi uzaytirilgan tanaffus
Oddiy o‘yinlarda bo‘limlar o‘rtasidagi tanaffus an’anaviy 15 daqiqa davom etsa, final uchrashuvida bu vaqt 30 daqiqagacha uzaytiriladi. Bu vaqt davomida JCH tarixidagi ilk katta shou-konsert (Grand Shou) bo‘lib o‘tadi.
4. Stadionga idishlar olib kirish ta’qiqi
Tribunadan maydonga uloqtirilganda shikast yetkazish xavfi bo‘lgani uchun muxlislarga hech qanday qayta kosali (termos) yoki oddiy suv shishalarini olib kirishga ruxsat berilmaydi. Faqatgina ingliz, fransuz yoki ispan tilidagi tibbiy ma’lumotnoma asosida bemorlar uchun zarur suyuqliklar va bolalar ozuqasini olib kirish mumkin.
5. Darvozadan to‘pni o‘yinga kiritishdagi «5 soniya» qoidasi
Standart vaziyatlarda vaqtni cho‘zishga qarshi qat’iy chora: darvozadan to‘pni o‘yinga kiritish uchun 5 soniya beriladi. Agar darvozabon bu vaqtdan o‘tib ketsa, raqib foydasiga burchak to‘pi (korner) belgilanadi.
6. Darvozabonlar uchun «8 soniya» cheklovi
Darvozabon to‘pni qo‘lida maksimum 8 soniya ushlab turishi mumkin. Oxirgi 5 soniya qolganda hakam qo‘li bilan orqaga hisoblashni boshlaydi. Qoida buzilsa, avvalgidek erkin zarba emas, to‘g‘ridan to‘g‘ri raqib foydasiga burchak to‘pi beriladi.
7.Jarohat soxtalashtirishga qarshi kurash
Agar futbolchi shifokorlar yordamiga muhtoj bo‘lsa (bosh jarohati va darvozabonlardan tashqari), u maydon tashqarisida roppa-rosa 60 soniya kutishi shart, shundan keyingina o‘yinga qaytishi mumkin. Hakamlar murabbiylarning jarohatlardan taktik ko‘rsatma berish uchun foydalanishini qattiq nazorat qiladi.
8. Og‘izni yopish va hakamga e’tiroz uchun qizil kartochka
Raqib yoki hakam bilan bahslashayotganda og‘zini qo‘li yoki libosi (futbolkasi) bilan yopgan har qanday futbolchi maydondan chetlashtiriladi (bu haqorat va irqchilikning oldini olish uchun). Hakam qaroriga norozilik sifatida maydonni tark etgan futbolchi yoki bunga undagan rasmiy shaxs qizil kartochka oladi. Agar bu butun jamoaviy protestga aylanib, o‘yin to‘xtab qolsa, o‘sha jamoaga texnik mag‘lubiyat yoziladi.
9. VAR vakolatlari kengaytirildi
Videoyordamchi hakamlar (VAR) endi quyidagi holatlarda ham o‘yinga aralasha oladi:
Xato ko‘rsatilgan ikkinchi sariq kartochkalar (qizil kartochkaga aylangani uchun) va adashtirib boshqa futbolchiga berilgan ogohlantirishlar;
Standart vaziyatlardan oldingi yaqqol qo‘polliklar;
O‘yin sur’atini tushirmagan holda, bahsli burchak to‘plarini qayta ko‘rib chiqish.