Jahon kubogida g‘olib va sovrindorlar nomi aniq bo‘ldi
Poytaxtimizdagi “Olimpiya shaharchasi”da qilichbozlikning sablya yo‘nalishi bo‘yicha ayollar o‘rtasida Jahon kubogi davom etmoqda.
Musobaqada mamlakatimiz qilichbozlaridan tashqari, AQSH, Xitoy, Yaponiya, Koreya Respublikasi, Qozog‘iston, Saudiya Arabistoni, Venesuela, Chili va boshqa mamlakatlardan kelgan sportchilar yakkalik va juftlik bahslarida raqobatlashayotir.

Jahon kubogining yakkalik bahslari yakuniga ko‘ra, FIE bayrog‘i ostida ishtirok etgan neytral sportchi Alina Mixaylova birinchi o‘rinni egalladi. Ikkinchi pog‘ona esa bolgariyalik Yoana Iliyevaga nasib etdi. Shohsupaning uchinchi pog‘onasidan Ozarbayjon sharafini himoya qilgan Palina Kaspyarovich hamda xitoylik Rao Syueyi joy oldi.
Bugun, 29-mart kuni Jahon kubogi doirasida jamoaviy bahslarda g‘olib hamda sovrindorlar saralanadi. Mazkur yo‘nalishda 32 jamoa ishtirok etadi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA