Jahon futbol mutasaddilari Dohada
Bugun Qatar poytaxti Dohada Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) ning 72-kongressi o‘z ishini boshlaydi.
FIFA rasmiy saytining xabariga ko‘ra, kongressda bir qator masalalar ko‘rib chiqiladi va tasdiqlanadi.
Ammo unda oldin rejalashtirilgan jahon chempionatlarini har ikki yilda o‘tkazish masalasi muhokama qilinmaydi.
Xabarda aytilishicha, kongressning asosiy mavzularidan biri Rossiya futbol uyushmasining FIFA tarkibidagi faoliyati muhokamalar markazida bo‘lishi kutilmoqda.
Shuningdek, Xalqaro futbol federatsiyasi a’zoligidan bir oy muddatga chetlatilgan Keniya va Zimbabve mavzusi ham kun tartibidan joy olgan.
Kongress ishi davomida ertaga, 1 aprel kuni joriy yilning 21 noyabr - 18 dekabr kunlari Qatarda o‘tadigan jahon chempionatiga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tadi.
Shuningdek, xabarda keltirilishicha, kongressning bugungi yig‘ilishida Xalqaro futbol federatsiyasining 2023 yilgi 73-kongressida bo‘lib o‘tadigan FIFA prezidentligi uchun saylovlarning boshlanganligi rasman e’lon qilinadi.
T.Ro‘ziyev, O‘zA