Jahon chempionatining "B" guruhidan o'rin olgan jamoalar turnirda foydalanadigan liboslarini taqdim etdi
Mundialning "B" guruhidagi jamoalar qanday brend ostidagi liboslardan foydalanishi aniq bo‘ldi.
Joriy yilning yoz oyida bo‘lib o‘tadigan Jahon chempionatida ishtirok etadigan barcha terma jamoa qanday brendlar ostidagi libosda harakat qilishi aniq bo‘ldi. Ushbu turnirda B guruhidan joy olgan Kanada, Bosniya va Gersegovina, Qatar va Shveysariya terma jamoalari qaysi brend liboslaridan foydalanishini ma’lum qildi.
Mundial mezbonlaridan biri hisoblangan Kanada terma jamoasi ushbu turnirda Nike tomonidan ishlab chiqargan liboslardan foydalanadi. Mezbonlar o‘z ananasiga sodiq qolgan xolda birinchi libosida qizil rangni tanlagan. Libos sodda ko‘rinib qolmasligi uchun unga geometrik naqshlar bilan ishlov berilgan. Formaning yoqa qismi oddiy V shaklda yaratilgan va yeng qismidan kichkina qora chiziqlar o‘tgan.

Kanadaning ikkinchi libosi noodatiy tarzda ishlangan liboslardan biri bo‘lib. Forma asosiy qora rang bo‘lsa-da uning ustiga oq chiziqlar va dog‘lar tasodifiy tarzda joylashtirib chiqilgan. Libosning yenglari va yoqasi oddiy uslubda ishlangan. Formaning yon tomonlariga ingichka qizil chiziq bilan ishlov berilgan.

Guruhning yana bir jamoalaridan biri Bosniya va Gersegovina Kelme bilan hamkorlikda ushbu mundialda ishtirok etadi. Bosniyaliklarning uy libosining asosiy rangi to‘q ko‘k bo‘lib, uning ustiga nozik va murakkab naqshlar bilan ishlov berilgan. Formaning yoqa qismi oddiy V shaklda ishlangan va sariq rang bilan ajratib qo‘yilgan. Libosning yeng va pastdagi yon tomonlariga ozgina sariq rang bilan ishlov berilgan.

Bosniyaliklarning ikkinchi libosi oq rangda bo‘lib, forma oddiy ko‘rinib qolmasligi uchun unga noodatiy naqshlarda ishlov berilgan. Formaning yeng va yon tomonlarida ozgina ko‘k rangdan foydalanilgan. Libosning yoqa qismi V shaklda ko‘k rang bilan ajratilgan xolda ishlangan.

Bu guruhning uchinchi termasi Qatar jamoasi bu turnirga Adidas brendi ostidagi liboslarda tashrif buyuradi. Qatarliklarning mezbon libosi to‘q qizil rangda bo‘lib, libosning markaziga qoramtir chiziqlar bilan naqsh chizilgan. Forma yoqasi oddiy dumaloq shaklda ishlangan va oq rang bilan ajratilib qo‘yilgan, yengining pastki qismi ham aynan shu rang bilan ajratilgan.

Qatarliklarning ikkinchi libosida oq rangda foydalangan. Libosning oldi qismida juda nozik va deyarli bilinmaydigan tekstura bor, bu esa formani oddiy oqdan ko‘ra, balki dizaynli qilib ko‘rsatmoqda. Formaning yoqa qismi oddiy V shaklda ishlangan. Libosning yeng qismidagi klassik 3 ta qizil chiziq esa Adidas brendining uslubini ko‘rsatadi.

Guruhning so‘nggi ishtirokchisi Shveysariya terma jamoasi esa ushbu mundialda Puma brendi ostidagi liboslarda harakat qiladi. Shveysariyaliklarning asosiy libosi qizil rangda bo‘lib, bu davlat bayrog‘ining asosiy rangini anglatadi va jamoaning milliy ruhni ko‘rsatadi. Libos juda nozik ishlangan va unda to‘lqinsimon chiziqli teksturasidan foydalanilgan. Formaning ikki yon tomoniga oq rangda ishlov berilgan.

Shveysariya terma jamoasining ikkinchi libosi noodatiy liboslardan biri hisoblanadi. Forma oq rangga yaqin bo‘lgan och kulrang rangda ishlangan. Uning ustiga esa neon-yashil rangli abstrakt naqshlar berilgan. Libosning yoqa qismi esa oq rang bilan ajratib qo‘yilgan.
