Jahon chempionati ishtirokchilari Buxoroda
Mamlakatimizda joriy yilning 14 sentyabr – 6 oktyabr kunlari futzal bo‘yicha jahon chempionati bo‘lib o‘tadi. Chempionat doirasidagi bir turkum uchrashuvlar Buxoro shahrida o‘tkazilishi belgilangan.
Shu kunlarda musobaqada ishtirok etadigan jamoalar birin-ketin Buxoroga yetib kelishmoqda.
Buxoro xalqaro aeroportida Braziliya, Kuba jamoalaridan keyin Tailand hamda Xorvatiya milliy terma jamoalari mahalliy tashkiliy qo‘mita vakillari tomonidan kutib olindi.
[gallery-19198]
Zarif Komilov, Tohirjon Istatov (surat), O‘zA muxbirlari