Jahon bozorida Qora oltin qimmatlashmoqda
Kecha bo‘lib o‘tgan birja savdosida Brent markasidagi neftning bir barreli 71 dollarga chiqdi.
Brent markali neftning may oyi fyuchers narxi 2,32 foizga oshib, bir barreli 71,15 dollarga baholangan.
WTI markasidagi neftning aprel oyi fyuchers narxi esa 2,57 oshib, bir barreliga 67,81 dollar berilgan.
Xabarda aytilishicha, dushanba kuni Brent markali neftning bir barreli uchun narx yanvardan buyon ilk bor 70 dollardan oshgan.