Jaholatga qarshi ma’rifat bilan
FOTOREPORTAJ
Andijon mashinasozlik institutida “Jaholatga qarshi ma’rifat” mavzuida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
Samimiy muloqot tarzida tashkil etilgan tadbirda Andijon viloyati hokimining o‘rinbosari R. Arziyev, viloyat bosh imom xatibi M. Alimov, viloyatdagi huquqni muhofaza qiluvchi organlar vakillari va talabalar ishtirok etdi.
[gallery-6000]
Tadbirda so‘z olganlar mamlakatimizda olib borilayotgan iqtisodiy islohotlar, yoshlarni yot g‘oyalar ta’siridan himoya qilish, ularni sog‘lom e’tiqod va milliy qadriyatlarga sodiqlik, diniy bag‘rikenglik va millatlararo hamjihatlik ruhida tarbiyalashning muhim shartlari xususida so‘z yuritdi. Shuningdek, islom dinining insonparvarlik, tinchlik va do‘stlik kabi olijanob maqsadlarga xizmat qilishi hamda yoshlarni bilim olib, ma’naviy kamolotga erishishi yo‘lida e’tibor qaratish muhim bo‘lgan jihatlar xususida fikr-mulohazalar bildirildi.
Jarayonda turli oqimlar ta’siriga tushib qolgan insonlarning ayanchli qismatidan so‘zlovchi videofilm namoyish etildi.
Talabalar o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga atroflicha javob oldi.
Zuhriddin UMURZOQOV (surat), O‘zA