Istiqbolli loyihalar – amaliyotda
Farg‘ona viloyati Quva tumanidagi “Turk” kichik sanoat zonasida joylashgan “Zoovetcervis” xususiy ishlab chiqarish korxonasida istiqbolli loyihalar amaliyotga tatbiq etilyapti.
Ayni paytda korxonada ishlab chiqarilayotgan 25 turdagi kimyoviy ozuqa, emlash va davolash mahsulotlari veterinariya dorixonalari, chorvachilikka ixtisoslashgan fermer xo‘jaliklariga yetkazib berilmoqda. Yigirmaga yaqin ish o‘rinlari yaratilgan kichik korxonada Xitoy texnologiyasi yordamida oyiga 150 million so‘mlik mahsulot ishlab chiqarish imkoniyati mavjud.
Korxona rahbari Qosimjon Yo‘ldoshevning aytishicha, yaqin vaqt ichida mahsulotlar turini qariyb 40 taga yetkazish rejalashtirilgan.
[gallery-2658]
Muqimjon QODIROV(surat), O‘zA