Iste’molchilarning huquqlari himoya qilinmoqda
Navoiy viloyati Zarafshon shahar «Yangi Zarafshon» mahallasida yashovchi fuqaro Gulzoda Tadjibayeva O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining 1091 ishonch telefoni orqali og‘zaki murojaat qilgan.
Murojaatda keltirilishicha, iste’molchining ukasi joriy yilning 1 dekabr kuni Qozog‘iston Respublikasi Ostona shahriga uchib ketish uchun 2 ta kattalar uchun va 2 ta yosh bolalar uchun jami 7 600 000 so‘mga aviachipta sotib olgan. Fuqaro ushbu kunga qadar uy-joylarini sotib, ro‘yxat (propiska)dan chiqib, ketish uchun tayyor edi. Lekin ma’lum sabablarga ko‘ra, aviareys qoldirilganini eshitgan iste’molchi aviakassaga borib, chipta uchun to‘langan 7 600 000 so‘m pulni qaytarishlarini so‘raydi. Ammo Aviakassa mas’ul xodimlari ushbu pulni tezda qaytara olmasliklarini aytishadi.

Mazkur murojaat jamiyat mas’ul xodimlari tomonidan o‘rganilib iste’molchiga aviachipta uchun to‘lagan 7 600 000 so‘m pul mablag‘ qaytarildi.
Mana shunday murojaatlardan biri Qarshi shahrida yashovchi B.Jabborov tomonidan kelgan. Murojaatga ko‘ra, shirkat tomonidan ko‘p qavatli uyning tom qismi ta’mirlangan va yog‘ingarchilikda suv o‘tmasligiga kafolat berilgan. Ammo uyning tomidan suv o‘tgan. Oqibatda, B.Jabborovning uyiga jiddiy zarar yetgan. Murojaat o‘rganilganda B.Jabborov shirkatga to‘lovlarni to‘lab kelgani, uy tomidan suv o‘tishi oqibatida u 5 mln 916 ming so‘m moddiy zarar ko‘rgani aniqlangan. Shundan so‘ng Federatsiya mas’ul xodimlari tomonidan fuqarolik ishlari bo‘yicha Qarshi tumanlararo sudiga da’vo arizasi kiritilgan va sud qaroriga asosan, shirkatdan iste’molchiga yetkazilgan 6 mln so‘m moddiy zarar to‘liq undirib berilgan.


Shuningdek, Namangan viloyati Chust tumanida yashovchi fuqaro Gulnoza Nabiyeva o‘z murojaatida, iste’molchi joriy yilning 21 sentyabr kuni Instagram sahifasi orqali "Max box" internet magaziniga Iphone 11 telefoni uchun 7 245000 ming so‘m to‘lovni amalga oshiradi va 21 kun ichida telefon kulida bo‘lishini aytishadi, ammo 2 oy o‘tsa xam telefon apparatidan darak yo‘q. Shundan so‘ng iste’molchi pulni qaytarishni so‘raydi, biroq pulni qaytarib ololmaydi. Mazkur murojaat qiladi Toshkent shahar Uchtepa tuman jamiyati xodimlari tomonidan o‘rganilib iste’molchiga yetkazilgan zarar qoplab berildi.
O‘zbekiston Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish
jamiyatlari federatsiyasi matbuot xizmati