"Istanbul Bashakshexir": Eldor Shomurodovning klub bilan ikki yillik shartnomasi bor
Shomurodov qoladi.
O‘zbekiston milliy terma jamoasi hujumchisi Eldor Shomurodov o‘tgan mavsum "Roma" klubidan "Istanbul Bashakshehir" safiga ijara asosida ko‘chib o‘tgan edi. Bugun esa Istanbul klubi Eldorning shartnomasidagi sotib olish bandi kuchga kirganini rasman e’lon qildi.
"O‘tgan mavsum ijara asosida tarkibimizga qo‘shilgan Eldor Shomurodovning shartnomasidagi sotib olish majburiyati bandi kuchga kirdi. Shu tariqa, O‘zbekiston milliy terma jamoasi hujumchisining shartnomasida ko‘zda tutilgan ikki yillik kelishuv rasman amalga oshirildi. Eldor Shomurodovga to‘q sariq-ko‘k libosimizda yanada katta muvaffaqiyatlar tilaymiz. Shuningdek, ushbu kelishuv klubimiz va futbolchimiz uchun xayrli bo‘lishini tilab qolamiz", — deyiladi klub matbuot xizmati xabarida.