Isroil, Misr va YeI o‘rtasida memorandum imzolandi
Isroil, Misr va Yevropa Ittifoqi Isroil gazini Misr orqali Yevropaga yetkazib berish bo‘yicha kelishuvga erishdi.
Bu haqda Isroil energetika vaziri Karin Elxararga tayanib, “TASS” xabar bermoqda. Xabarda bugun mamlakatlar Isroildan Yevropaga gaz eksporti bo‘yicha anglashuv memorandumi imzolagani qayd etilgan.
Shuningdek, imzolash marosimi Qohirada bo‘lib o‘tgan. Uchrashuvda Misr va Isroil energetika inqirozini hal qilishga yordam berish hamda Yevropa bilan gaz bo‘lishish majburiyatini olgan.
Qolaversa, shartnoma uch yil muddatga amal qiladi, shundan so‘ng u avtomatik ravishda yana ikki yilga uzaytiriladi, – deyiladi “TASS” xabarida.