Ispaniya tajribasi asosida bozor nazorati tizimi takomillashtiriladi
O‘zbekiston va Ispaniya o‘rtasida bozor nazorati hamda iste’molchilar huquqlarini himoya qilish sohasidagi hamkorlikni rivojlantirishga bag‘ishlangan onlayn uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Muloqotda Ispaniya Ijtimoiy huquqlar va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish vazirligi vakili Xose Viton ishtirok etib, mamlakatda bozor nazoratini tashkil etish bo‘yicha ilg‘or tajriba va amaliyotlar haqida ma’lumot berdi.
Qayd etilishicha, mazkur vazirlik Ispaniyada aholini ijtimoiy himoya qilish, iste’molchilar huquqlarini ta’minlash, bozor munosabatlarini tartibga solish hamda BMTning Barqaror rivojlanish maqsadlarini amalga oshirish bo‘yicha mas’ul davlat organlaridan biri hisoblanadi.
Uchrashuv davomida Ispaniyada bozor nazorati tizimi qanday tashkil etilgani xususida atroflicha fikr almashildi. Xususan, mamlakatda mazkur sohada 17 ta vazirlik va agentlik faoliyat yuritishi, nazorat vakolatlari mahsulot va xizmat turlariga qarab taqsimlangani sababli yagona markazlashgan bozor nazorati organi mavjud emasligi ta’kidlandi.

Ispaniyalik ekspertlar O‘zbekistonda so‘nggi yillarda amalga oshirilayotgan islohotlarga ham alohida to‘xtalib o‘tdi. Jumladan, yangi qonunchilik bazasining shakllantirilishi, risklarga asoslangan nazorat tizimining joriy etilishi, raqamli axborot platformalarining rivojlantirilishi, mahsulotlarni bozordan chaqirib olish mexanizmlarining takomillashtirilishi hamda xalqaro standartlarga uyg‘unlashtirish ishlari yuqori baholandi.
Mutasaddilarning fikricha, mazkur chora-tadbirlar iste’molchilar huquqlarini samarali himoya qilish, ichki bozorda xavfsiz va sifatli mahsulotlar ulushini oshirish hamda mahalliy ishlab chiqaruvchilar raqobatbardoshligini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Shuningdek, samarali bozor nazorati faqat mahsulotlar xavfsizligini ta’minlash bilan cheklanib qolmasdan, iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirish, investitsiyaviy jozibadorlikni oshirish va eksport salohiyatini kengaytirishga ham xizmat qilishi ta’kidlandi.
Uchrashuv yakunida bozor nazorati sohasida faoliyat yurituvchi milliy inspektorlarni tayyorlash, ularning Ispaniyada malaka oshirishi, ilg‘or tajribalarni o‘rganishi hamda amaliy stajirovkalarda ishtirok etishini tashkil etish bo‘yicha o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish yuzasidan kelishuvga erishildi.
Mazkur hamkorlik ikki mamlakat o‘rtasida tajriba almashishni kengaytirish, bozor nazorati tizimini yanada takomillashtirish va iste’molchilar manfaatlarini himoya qilish samaradorligini oshirishga xizmat qilishi kutilmoqda.
Uchrashuvda Ispaniya Ijtimoiy huquqlar va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish vazirligi vakili Xose Viton ishtirok etib, mamlakatda bozor nazoratini tashkil etish bo‘yicha mavjud tajriba haqida ma’lumot berdi.
Ta’kidlanishicha, mazkur vazirlik Ispaniya fuqarolarining ijtimoiy himoyasini ta’minlash, iste’molchilar huquqlarini muhofaza qilish, bozor munosabatlarini tartibga solish hamda BMTning Barqaror rivojlanish maqsadlarini amalga oshirishga mas’ul hisoblanadi.
Muloqot davomida Ispaniyada bozor nazorati tizimi qanday yo‘lga qo‘yilgani haqida atroflicha ma’lumot berildi. Xususan, mamlakatda bozor nazorati sohasida 17 ta vazirlik va agentlik faoliyat yuritishi, mahsulot va xizmat turlariga qarab vakolatlar taqsimlangani sababli yagona nazorat organi mavjud emasligi qayd etildi.
Ispaniyalik mutaxassislar O‘zbekistonda so‘nggi yillarda qabul qilingan yangi qonunchilik hujjatlari, riskka asoslangan nazorat tizimining joriy etilishi, raqamli axborot platformalarining rivojlantirilishi, mahsulotlarni bozordan chaqirib olish mexanizmlari hamda xalqaro standartlarga muvofiqlashtirish ishlarini yuqori baholadi.
Shuningdek, samarali bozor nazorati aholi xavfsizligini ta’minlash, iste’molchilar huquqlarini himoya qilish bilan bir qatorda, milliy mahsulotlar raqobatbardoshligini oshirish, iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirish va eksport salohiyatini kengaytirishda muhim omil ekani ta’kidlandi.
Uchrashuv yakunida bozor nazorati sohasidagi milliy inspektorlarni tayyorlash, ularning Ispaniyada malaka oshirishi va ilg‘or tajribalarni o‘rganish maqsadida amaliyot o‘tashini tashkil etish bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yish yuzasidan kelishuvga erishildi.
Mazkur hamkorlik ikki mamlakat o‘rtasida bozor nazorati tizimini yanada takomillashtirish, iste’molchilar manfaatlarini ishonchli himoya qilish hamda xalqaro tajribani milliy amaliyotga samarali joriy etishga xizmat qilishi kutilmoqda.
Sh.Mamaturopova, O‘zA